ShIN Illarion Georgievich: “Paxtani dastlabki ishlash mashinalari detallarining sifatini ta’minlash va chidamliligini bashorat qilishning texnologik metodlari” (05.02.03) – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti (100100, Toshkent sh., Shoxjahon ko‘chasi, 5. Tel.: 253-06-06, faks: 253-36-17, elektron manzili: titlp_info@edu.uz), (dissertatsiya rus tilida).
Ilmiy maslahatchi: t.f.d., prof. A.D.Djuraev
Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Rasmiy opponentlar: R.G.Maxkamov, X.T.Axmedxodjaev, X.K.Raxmonov
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
I. Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash mashinalari detallarining sirt qatlamlari sifatini texnologik ta’minlash va chidamliligini bashorat qilish metodini ishlab chiqish.
II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
metallni plastik deformatsiyalash fizikasining zamonaviy konsepsiyasiga asoslangan paxtani qayta ishlash mashinalari detallariga mexanik ishlov berishda texnologik qoldiq kuchlanishlarni shakllantirish va hisoblashning strukturaviy-energetik modeli ishlab chiqilgan;
jinlarning arrali disk tishlarini zoldir bilan sirtini mustahkamlash metodi ishlab chiqilgan (foydali modelga patent «Drobemetnaya ustanovka dlya uprochneniya detaley» №FAP 00513, 31.12.2009);
qattiq jismlarning o‘zaro dinamik ta’siri tahlili asosida zarbadagi tezlikni tiklanish koeffisientini aniqlash masalasining analitik echimi olingan;
mashina detallarini zoldir bilan zarba berib, mustaxkamlanishda deformatsiyalanish chuqurligini (ezish) hisoblash metodi va algoritmi ishlab chiqilgan;
jin arralarini zoldir bilan zarba berib, deformatsiyalashda yuzaning g‘adir-budurligini shakllanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish sharoitida ko‘psiklik yuklanishlar asosida qoldiq kuchlanishlarni mashina detallari mustahkamligiga ta’siri baholangan va arrali disklarni uzoq ishlashi hamda chidamliligini bashoratlash asosini tashkil etuvchi charchashni hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, ya’ni zoldir bilan ishlov berib mustaxkamlangan arrali disklar DPZ-180 rusumli jinlarda «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilib, yillik iqtisodiy samara 80,992 mln. so‘mni tashkil etgan («O‘zpaxtasanoat» uyushmasining 04.09.2014 yildagi joriy qilinganlik dalolatnomasi).