Hakimov Yunus Usmonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar anatomik rezeksiyasi intra- va operatsiyasidan keyingi asoratlarining oldini olish yo‘llari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib117.

Ilmiy rahbar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi N.I. Pirogov nomidagi tibbiy-xirurgik markaz Federal davlat byudjet muassasasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning hajmli hosilalari bo‘lgan bemorlarni davolash-tashxislash taktikasini ishlab chiqish va optimallashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash, jarrohlik amaliyoti usullarini takomillashtirish va amaliyot vaqtida va undan keyingi asoratlar oldini olishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jigarning diffuz patologiyasi fonida bajarilgan kengaytirilgan rezeksiyalaridan so‘ng yaqin davrda gepatotsellyulyar etishmovchilik rivojlanishi xavfi darajasini oshiruvchi prognostik omillar aniqlangan;

jigarning yondosh surunkali diffuz patologiyalarida o‘choqli hosilalar tufayli gepatorezeksion amaliyotlardan so‘ng jigar etishmovchiligining rivojlanishi va jadallashib borishi chastotasi va klinik-funksional xususiyatlari aniqlangan;

rezeksiyadan keyingi erta davrda jigarning qoldiq hajmi funksional etishmovchiligi fonida jigar ensefalopatiyasining tranzitor shakli kechishining xususiyatlari aniqlashtirilgan;

jigarning surunkali diffuz patologiyasida jigar ekstraksiyasi fraksiyasi va radiofarmpreparat yarim chiqarilish davrining o‘zgarishlari aniqlanganida gepatotsitlar funksional zaxirasining susayishi va rezeksiyadan so‘ng kompensator regeneratsiya jarayonlarining sekinlashishi isbotlangan;

terapevtik reabilitatsiyaning asosiy taktik jihatlarini aniqlash imkonini beruvchi rezeksiyadan keyingi jigarning kichik hajmi fonida o‘tkir gepatotsellyulyar etishmovchilikning patogenetik zvenolari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jigarning hajmli hosilalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Jigarning hajmli hosilalarida anatomik rezeksiyani amalga oshirish, operatsiyadan so‘ng bemorlarni olib borish taktikasini standartlashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil noyabrdagi 8n-d/236-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalar jigar saratoni bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga, statsionar davolanish davomiyligini 26,2±0,7 dan 22,4±0,6 gacha qisqartirishga imkon bergan;

jigarning hajmiy hosilalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-d/236-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Natijada amaliyot vaqtida qon yo‘qotish xavfini pasaytirish va gepatotsitlarning funksional etishmovchiligini davolash, jigarni rezeksiya qilishda zamonaviy texnologik vositalarni joriy qilish esa rezeksiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlar chastotasini 22,2% dan 9,6% gacha, o‘lim ko‘rsatkichlarini 4,9% dan 1,9% gacha pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish