Smailova Lazat Kenjebekovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda nospesifik vul`vovaginitlar sitokinoterapiyasining klinik-immunologik jihatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib9.
Ilmiy rahbar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (O‘zbekiston Respublikasi) va QR SSV Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi (Qozog‘iston Respublikasi).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlar nospesifik vul`vovaginitlarida immunomodulyatorlarni qo‘llash orqali davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik vul`vovaginit rivojlanishiga anamnezdagi bolalar infeksiyasi, nafas yo‘llari tez-tez kasallanishi, allergik kasalliklar hamda menstrual siklning disfunksiyalari ta’siri isbotlangan;
o‘smir qizlarda o‘tkir va nimo‘tkir nospesifik vul`vovaginitlarda turg‘un giperemiya va vaginaga kirish yo‘lining shishishi, shuningdek vulvaning in’eksiyalangan tomirlari namoyon bo‘lishi, uzoq muddatli yallig‘lanish jarayoni kabi klinik-differensial xususiyatlari aniqlangan;
o‘smirlar nospesifik vul`vovaginiti patogenezida hujayraviy immunitet, sitokin holati o‘zgarishining va qin ajratmasi neytrofillari fagotsitar faolligining kamayishi orasidagi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari o‘zgarishi organizmda kasallikning kechishi va davomiyligiga bog‘liqligi isbotlangan;
nospesifik nimo‘tkir vul`vovaginitda kasallik uzoq kechishi hamda immunitet faoliyatinig sustlashishi natijasida ikkilamchi immuntanqislik rivojlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda spesifik vul`vovaginitlar sitokinoterapiyasining klinik-immunologik jihatlarini aniqlash, tashxislash hamda davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qiz bolalar va o‘smirlarda spesifik vul`vovaginitni tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazining 2018 yil 14 maydagi 6-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nospesifik vul`vovaginitli o‘smirlarni mikrobiologik va immunologik tashxislash, xavf guruhini aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
o‘smirlarda nospesifik vul`vovaginitlar sitokinoterapiyasining klinik-immunologik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Olmaota akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi, «University Medical Center» korporativ fondining Onalik va bolalik milliy ilmiy markazi amaliyotiga joriy qilingan (Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 martdagi ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.