Tursunov Djaxangir Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental qandli diabet rivojlanishiga ekdisten ta’sirining molekulyar-hujayraviy mexanizmi», 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib607.
Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qozon davlat tibbiyot universiteti Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribadagi qandli diabet rivojlanishiga ekdisten ta’sirining molekulyar mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alloksanli diabet rivojlanishida oksidant-antioksidant va nitroergik tizimlardagi o‘zgarishlarga ekdistenning korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
tajribaviy alloksanli diabet rivojlanishida ekdistenning matriks metlalloproteinazalar faolligi va metalloproteinazalar to‘qima ingibitori miqdoriga ta’siri ko‘rsatilgan;
alloksanli diabetda qon ivish tizimiga, ya’ni protrombin vaqti, fibrinogen va Villebrant omillariga ekdistenning ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan;
alloksanli diabet rivojlanishida adiponektin miqdori va lipid almashinuvi ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ekdistenning bu jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental qandli diabet rivojlanishida ekdisten ta’sirining molekulyar-hujayraviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabetni tashxislash va davolashda metalloproteinazalar faolligini aniqlashning ahamiyati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8m-r/286-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma metalloproteinazalar va ular ingibitorlarining qandli diabet rivojlanishidagi ahamiyati hamda ularning qandli diabetni tashxislash va davolash mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
«Metalloproteinazalar: tuzilishi xususiyati va patologik jarayonlarning rivojlanishidagi holatlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8m-r/286-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma metalloproteinazalar oilasiga bag‘ishlangan bo‘lib, turli patologik jarayonlarda ularning faoliyatiga hamda qandli diabet kasalligida zararlanadigan mayda qon tomirlarida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni va kasallikni erta tashxislash imkonini bergan;
eksperimental qandli diabet rivojlanishida ekdisten ta’sirining molekulyar-hujayraviy mexanizmi tahliliga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining markaziy tadqiqot laboratoriyasi, Respublika Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali, Toshkent tibbiyot akademiyasining Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 noyabrdagi 8n-/235-son ma’lumotnomasi). Olingan fundamental tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinishi qandli diabet bilan xastalangan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga hamda bemorlarni shifoxonada bo‘lish muddatini 20%gacha qisqartirishga xizmat qilgan.