Ergashev Ma’rufjon Maxammatjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za genetik kolleksiyasidagi o‘rta tolali liniyalarda sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B74.

Ilmiy rahbar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat unversiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaev Normo‘min Norberdievich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za genetik kolleksiyasi o‘rta tolali liniyalarining F1-F2 duragaylarida morfologik-sifat va qimmatli xo‘jalik-miqdoriy belgilarining irsiylanishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

g‘o‘za genetik kolleksiyasi izogen liniyalarining duragaylarida barg plastinkasi rangining irsiylanishi uchta allel genlar tomonidan boshqarilishi va bu belgining rivojlanishida ko‘p allellik holati mavjudligi aniqlangan;

g‘o‘za genetik kolleksiyasining tuksiz chigitli izogen L-77 liniyasi bilan yangi L-670 liniyasining o‘zaro duragaylarida chigit tuklanishi belgisining genetikasini tadqiq etish asosida L-670 liniyasining bu belgi bo‘yicha genotipi aniqlangan va iiFt1Ft1Ft2Ft2FcFc deb tavsiflangan;

g‘o‘za genetik kolleksiyasi liniyalarining F1 duragaylarida tola uzunligi belgisi asosan ijobiy dominantlik, tola chiqimi asosan ota yoki ona shaklining to‘liqsiz ustunligi va ijobiy o‘ta dominantlik, bitta ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni belgilari asosan past ko‘rsatkichli liniyaning to‘liqsiz ustunligi holatlarida irsiylanishi ochib berilgan;

F2 kombinatsiyalarida miqdoriy belgilar bo‘yicha keng ko‘lamdagi ajralish jarayoni ro‘y berishi, yuqori ijobiy transgressiya tola chiqimi bo‘yicha F2L-39 x L-452 kombinatsiyasida, tola indeksi bo‘yicha F2L-38 x L-452 kombinatsiyasida, tola uzunligi bo‘yicha F2L-620 x L-481 kombinatsiyasida va 1000 dona chigit vazni bo‘yicha F2L-4112 x L-70 kombinatsiyasida ekanligi aniqlanib, ota-ona liniyalariga nisbatan yuqori ko‘rsatkichli rekombinant shakllar ajratib olingan;

o‘rta tolali g‘o‘zada rangli tolaga nisbatan tolaning oq rangda bo‘lishi tola chiqimi, indeksi va uzunligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;

g‘o‘za o‘simligida tola uzunligi va indeksining yuqori ko‘rsatkichlariga ega seleksion istiqbolli shakllarini tanlab olishda barg plastinkasining yashil, tolaning esa oq rangidan morfologik marker belgilar sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘za genetik kolleksiyasidagi o‘rta tolali liniyalarda sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

g‘o‘za genetik kolleksiyasi liniyalarida morfo-biologik va xo‘jalik belgilarning o‘zgaruvchanligi A-8-6 raqamli «G‘o‘za genetik kolleksiyasining istiqbolli liniyalari va qurg‘oqchilikka chidamli navlar seleksiyasida takomillashtirilgan usullarni qo‘llash» mavzusidagi amaliy loyihada kolleksion materiallarning morfo-xo‘jalik belgilarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 maydagi 89-03-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zada morfologik va qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligini aniqlash imkonini bergan;

g‘o‘za genetik kolleksiyasidagi o‘rta tolali liniyalarda morfologik belgilarning irsiylanishida ekologik muhitning ta’siri IOT-2012-8-3 raqamli «Sho‘rga chidamli o‘simliklar milliy genofondini shakllantirish va undan ishlab chiqarishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish» mavzusidagi innovatsion loyihasida g‘o‘za morfo-biologik belgilarni baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 maydagi 89-03-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za o‘simligidagi sifat va miqdoriy belgilarning irsiylanishi va ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar darajasini aniqlashda «genotip+muhit» munosabatlarini aniqlash imkonini bergan;

g‘o‘za genetik kolleksiyasidagi o‘rta tolali liniyalarda sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlari ITD-9-26 raqamli «Sho‘rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o‘sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va potogenlariga samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida preparatlar ta’sirida g‘o‘zaning morfologik belgilarini baholash, glizirrizin kislotasi tuzlarini stimulyatorlik xususiyatlarini tahlili qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 maydagi 89-03-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zada genotip+muhit munosabatlarini aniqlash va fiziologik faol moddalarni o‘simlik to‘qimalariga ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;

o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi chigiti tuksiz, tolali L-806 tizmasi Sirdaryo viloyatining “O‘g‘itga chanqoq dala” fermer xo‘jaligining paxta maydonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/020-1508-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tizmadan suv va o‘g‘it tanqisligi sharoitlarida yuqori va sifatli hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish