Djumabaev G‘ulomjon Xalillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Halqali yigiruv mashinalarining konstruktiv elementlarini takomillashtirish asosida sifatli ip olish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T783.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: halqali yigirish mashinalari konstruktiv elementlarini takomillashtirish va parametrlarini aniqlash asosida ip uzilishlar sonini kamaytirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasi piligini cho‘zish asbobining yuk valigi va amartizatorli ip o‘tkazgichning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
halqali yigirish mashinasida tarkibli ip o‘tkazichning uch qatlamli qayishqoq elementlardan foydalangan holda yigirilgan ip deformatsiyalarini ifodalovchi bog‘lanishlar, ip o‘tkazgich qayishqoq vtulkalarining umumiy radiusi bo‘ylab deformatsiyalanish bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
qayishqoq vtulkali ip o‘tkazgich ichki vtulkasini vertikal tebranishlarining dinamik va matematik modellari olingan hamda ip o‘tkazgich kerakli tebranish amplitudasini ta’minlaydigan massasi bikrlik koeffisienti qiymatlari ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda aniqlangan;
cho‘zuvchi asbob valiklarining o‘qlarini vertikal tebranish qamrovini pilikning cho‘zishga qarshiligi amplitudasiga bog‘lanishlari, pilik tekisligini ta’minlaydigan yuklovchi valiklar o‘qlarining tebranish qamrovi qiymatlari ishlab chiqilgan;
yigiruv mashinasi cho‘zuvchi asbobini yuklovchi valiklarining o‘qlari vertikal xususiy tebranish chastotalarining rezinali vtulkalar keltirilgan bikrlik koeffisientlari o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Halqali yigiruv mashinasidagi texnologik jarayonlarni va parametrlarni optimallash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi konstruksiyadagi ikki qatlamli elastik qoplamali yuk valiklariga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Yigirish mashinasining ip cho‘zish uskunasi», №FAR 01051-2014 y.). Natijada ip shakllanish zonasiga buram taqsimlanish miqdori 15,42%ga, buram taqsimlanish ravonligi 1,47 martaga oshish, bu esa ip tebranish kattaligini barqaror bo‘lishiga imkon yaratgan;
takomillashtirilgan elastik amortizatorli ip o‘tkazgichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Halqali yigirish mashinasining ip o‘tkazgichi», №FAR 00878-2012 y). Natijada ipning kesim bo‘yicha notekisligi 1,7%ga kamayish, solishtirma uzish kuchi 0,64 sN/teksga oshish, uzish kuchi bo‘yicha kvadratik notekisligi 1,3%ga kamayish imkoni yaratilgan;
paxta tolasi piligi cho‘zish asbobining yuk valigi va amartizatorli ip o‘tkazgichning takomillashtirilgan konstruksiyalari «O‘zto‘qimachilik» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan «Shovot tekstil» MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachilik» uyushmasining 2018 yil 4 dekabrdagi BM-06-6308-son ma’lumotnomasi). Natijada iplarning uzilishini 20,76%ga kamaytirishga erishilgan.