Burxonova Feruza Abdurazzoqovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muallif adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelizm (Nazar Eshonqul va Ulug‘bek Hamdam ijodi misolida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil262

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalgashevich, filologiya fanlari doktori.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.0.

Rasmiy opponentlar: Doniyarova Shoira, filologiya fanlari doktori; Meliev Suvon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: N.Eshonqul va U.Hamdam kabi iste’dodli yozuvchilarning adabiy-estetik qarashlarini o‘rganish va o‘z ijodida zuhur bo‘lishi hodisasini adabiy-estetik tafakkur va badiiy konsepsiya, ijodiy laboratoriya hamda ijod psixologiyasi nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelizm masalasi yozuvchining estetik pozisiyasi, tuyg‘u va tafakkur mushtarakligi hamda poetik talqinni shakllantiruvchi ijodiy kategoriya sifatida jahon va o‘zbek adabiyotshunosligi kesimida asoslangan;

Nazar Eshonqulning adabiy-estetik maqolalarida ilgari surilgan badiiy ijod, ilhom va intuisiya, ilohiylik, yozuvchi “men”i va uning badiiy asarda namoyon bo‘lish usullari,  G‘arb va Sharq badiiy sintezi masalalariga oid qarashlari o‘z ijodiga tatbiqan qiyosiy o‘rganilib, yozuvchining badiiy mahorati ochib berilgan;

Nazar Eshonqul asarlarida o‘zini yaqqol namoyon qilayotgan yangicha poetik ifoda usullari, metaforik obraz va tasvirlar, ramz va motivlar mumtoz va jahon adabiyoti bilan qiyoslanib, adibning ijodiy yutug‘i sifatida ko‘rsatilgan;

Ulug‘bek Hamdamning adabiy-tanqidiy maqolalaridagi yetakchi konsepsiya o‘z ijodiga tatbiqan o‘rganilib, ijodkor sifatidagi o‘ziga xosliklari, hayotiylik, badiiy haqqoniylik, samimiylik va Sharq falsafasidan ma’naviy oziqlanish adib adabiy-estetik qarashlari va ijodiaro mushtaraklikning asosi ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Muallifning adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelizm masalasiga oid olib borilgan tadqiqotlar olingan natijalari asosida:

Nazar Eshonqulning “Mendan “men”gacha” kitobi hamda qissa va hikoyalari, Ulug‘bek Hamdamning ilmiy, adabiy va badiiy asarlarining yetakchi xususiyatlarini ifodalagan xulosalaridan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 26 sentyabrdagi FTA-02-11/1307-raqamli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash ijodkor shaxsi va dunyoqarashi, adabiy-estetik qarashlaridagi ustuvor prinsiplarining adib ijodida aks etishi masalalarini qiyosiy-tipologik, biografik va ruhiy tahlil metodlari asosida tadqiq etishni umumlashtirish va aniqlashtirishga xizmat qilgan;

ilmiy tadqiqotning N.Eshonqul va U.Hamdam adabiy-estetik qarashlari  va badiiy ijodi parallelizmiga doir nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi F1-02 fundamental tadqiqotning “XX–XXI asrlar bo‘sag‘asida o‘zbek adabiyotshunosligi” bo‘limida foydalanilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 89-03-3797-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish o‘zbek adabiyoti keyingi yillarda jahon adabiyotiga xos turli poetik izlanishlarga qo‘l urib, ramziy-majoziy mazmun bilan boyitish hamda yaratilayotgan qahramonlar milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgani haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy tanqid kengashining yillik hisobotida “Men”likni anglash salohiyati”, “Lev Tolstoy “Iqrornomasi”da ijodkor shaxsi talqini”, “Badiiy ijod psixologiyasi” mavzusidagi maqolalar tahlilga tortilib, ularning adabiyotshunoslik va tanqidchiligimiz rivojidagi ahamiyati qayd etilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 25 apreldagi 01-03/489-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslik va tanqidchilikda yozuvchi shaxsi, adabiy-estetik qarashlari ijodiy jarayoni, ijod psixologiyasi muammolarini yoritishga, yozuvchining ijodiy mahoratini o‘rganishga ko‘maklashgan;

Muallif adabiy-estetik qarashlari va ijodiy uyg‘unlik (N.Eshonqul va U.Hamdam ijodi misolida) masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2016-2018 yillarda O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 10 oktyabrdagi O’z\\k-1-169-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar mazmunan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish