Raimjonov Zafarbek Xasanboevichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fransuz va o‘zbek tillarida intensivlik kategoriyasining chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Fil182.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyatko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fransuz va o‘zbek tillarida intensivlik leksik-grammatik maydoni ifoda vositalarining strukturaviy, strukturaviy-funksional jihatlarini chog‘ishtirish asosida tillararo izomorfik va allomorfik jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intensivlik kategoriyasi fransuz va o‘zbek tillarida ilk bor chog‘ishtirib tadqiq etilishi jarayonida tillararo asosiy strukturalardagi “ravish-kuchaytiruvchi + sifat + ot” ko‘rinishidagi sintaktik birikma mujassamligi, tashqi intensiv tavsifning V.+Adv.+Adv. birikmasi kabi izomorfik va transpozision strukturalardagi fransuz tilidagi substansiya intensiv tavsifi vositalari doirasida “ot + predlog + ot” predlogli birikmasi, predikativ intensiv tavsifda ravishlar bilan bir qatorda ularga funksional jihatdan tenglashuvchi boshqa so‘z turkumlarining ishtirok etishi kabi allomorfik jihatlari ochib berilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi intensivlik semantikasini ifodalovchi morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik, supersintaktik sathlar birliklarining intensivlik leksik-grammatik maydonida joylashgan ob’ektiv va affektiv mikromaydonlarining yadro va periferiyasida sathlararo munosabatga ko‘ra tartibli taqsimlanishi va joylashishi aniqlangan;
intensivlik kategoriyasini ifodalovchi (morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik, supersintaktik sathlar) birliklarning tuzilishi, ularning intensivlik daraja ko‘rsatkichlarini belgilashda leksik-grammatik maydonda tutgan o‘rni, shuningdek ushbu birliklarning sathlararo munosabatlari kabi strukturaviy-funksional jihatlari ochib berilgan;
tillar tipologiyasida o‘zaro xoslashuv simmetrik va asimmetrik, funksional monandlik, funksional invariantlik, variantlilik va invariantlik, shuningdek fransuz va o‘zbek tillaridagi intensivlik ifoda vositalarining nutq vaziyatlarida tanlanishi hamda saralanishi kabi jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fransuz va o‘zbek tillarida intensivlik kategoriyasining chog‘ishtirma tadqiqi bo‘yicha olib borilgan natijalar asosida:
intensivlik kategoriyasining fransuz va o‘zbek tillarida morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik sathlarning lisoniy vositalari yordamida ifodalanish hamda ushbu birliklarning intensivlik leksik-grammatik maydonida joylashish xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-973-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari maydon nazariyasi, lisoniy va nutqiy hodisalarning o‘zaro munosabati, til va tafakkur, umumlisoniy prinsiplarning falsafiy va lisoniy tavsifini berishda, shuningdek, til birliklarini sistemaviy tadqiq qilish metod va metodologiyasini ochib berishda xizmat qilgan;
fransuz tilidagi intensivlikni bildiruvchi til birliklari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan har yili tashkil etiladigan maktab, kollej va lisey o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va qo‘shiq festivali”ni o‘tkazish ssenariysiga kiritilgan, shuningdek, “Le Roi soleil” nomli sahna ko‘rinishida amaliyotga tatbiq etilgan (Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2018 yil 17 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Sahnalashtirilgan mazkur spektaklda fransuz tilida intensivlikni ifodalovchi “quel ennui, si facilement, un main de fer, un bras de fer, ktre bien plus drfle, ktre bien triste, ktre bien syvire, la plus grande cour, Oh mes amis ! Quelle nuit !, Que diable !, Ne suis-je pas ici chez moi !” kabi til birliklari qo‘llanilgan. Ushbu qo‘llanilgan birliklar saxnalashtirilgan spektaklning ta’sirchan bo‘lishiga, tomoshabinlarda spektaklga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirishga xizmat qilgan;
dissertatsiya natijalari va materiallaridan, jumladan intensivlik kategoriyasi ifoda vositalarining nutqda qo‘llanish qirralari, fransuz va o‘zbek tillaridagi intensivlik kategoriyasi ifoda vositalarining grammatik-semantik qirralari, zamonaviy tilshunoslikda til hamda nutqiy hodisalarning o‘zaro munosabati, til birliklarini sistemaviy tadqiq qilish metodlari kabi natija va materiallaridan Andijon viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Adabiy muhit”, “Ijod gulshani” ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 28 fevraldagi 20-24/93-con ma’lumotnomasi). Foydalanilgan natija va materiallar efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlarning mazmun-mohiyatini boyitgan hamda ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan.