Asrorova Lobar Qobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alouddin Buxoriy “Hayratu-l-fuqaho” asarining islom manbashunosligida tutgan o‘rni”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar50.
Ilmiy rahbar: Islamov Zahid Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.Isl/Tar/F/Fil.57.01.
Rasmiy opponentlar:Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Munavvarov Zoxillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alouddin Buxoriy «Hayratu-l-fuqaho» asarining islom tarixi va manbashunosligida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Hayratu-l-fuqaho» asarining boshqa fatvo kitoblardan farqli jihatlari, ya’ni qozilar faoliyati, mintaqada mavjud zaif rivoyat va xalq tomonidan aytilgan asossiz fiqhiy masalalarning ajratib ko‘rsatilgani, o‘sha davr ijtimoiy, siyosiy, tarixiy jarayonning ahamiyati aniqlangan;
«Hayratu-l-fuqaho» asarining o‘zidan keyingi fiqxiy ilmlar rivojidagi ahamiyati, jumladan, Abdullatifning «Xulosatu-l-fiqh» («ObZXY ZbEYue»), Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad Tohiriy Sokiyning «Muxtoru-l-fatovo» («gOKZS ZbEKZjm») kabi fiqhiy kitoblarida hamda «Jo‘ng» («Mjdђ»), «Mahzar» («gNSS») uslubida yozilgan asarlar uchun ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan;
Alouddin Buxoriyning hanafiy mazhabi asosida fiqhiy masalalarni echimga olib kelishda urf muammosiga to‘g‘ri yondashuvi, fiqh amaliyotini asosli tarzda boyitganligi, mahalliy iqlim-sharoiti, urf-odatlarini inobatga olgan holda fatvo berishi dalillangan;
«Hayratu-l-fuqaho» asari o‘z davri uchun oilaviy munosabatlarni tartibga solish, ayollarning islom ilmlaridagi savodini ta’minlash, iqtisodiy, mulkiy, meros va boshqa ijtimoiy muammolarini adolatli hal etishda nufuzli manba bo‘lganligi isbotlangan;
Buxoro fiqh maktabining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, XIII-XIV asrlar faqihlari klassifikatsiyasi, ya’ni «sulolaviy faqihlar», «arab tilida ijod etgan faqihlar», «fors tilida ijod etgan faqihlar», «mo‘g‘ullar istilosi tufayli boshqa yurtlarga ketib qolgan faqihlar», «o‘lkada yashab qolgan faqihlar», «fiqh sohasida ijod etgan mutasavvif»lar kabi turkumlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alouddin Buxoriy “Hayratu-l-fuqaho” asarining islom manbashunosligida tutgan o‘rni bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hanafiy fiqhi tarixi, «Hayratu-l-fuqaho», «Saloti Mas’udiy» kabi fatvo kitoblari, Buxoro faqihlarining hayoti, faoliyatiga oid ma’lumot va xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va oliy o‘quv muassasalari talabalariga «Fiqh» fanini o‘qitishda, islomshunoslik ilmlari bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun «Fiqh ilmiga bag‘ishlangan manbalar», «Movarounnahrda yozilgan fiqh asarlari» nomli maxsus kurslarda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 12 noyabrdagi 2283-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod, xususan talabalarni vatanimiz ulug‘ siymolari bilan yaqindan tanishtirilgan, olingan natijalar ularni vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uzviyligi ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
hanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelish tarixi, asoslari, faqihlar hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2018 yil 26 noyabrdagi 226-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sib kelayotgan yosh avlodda islom dini va fiqhi to‘g‘risida, ayniqsa, islom dini niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan buzg‘unchi diniy-ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida to‘g‘ri tasavvur ko‘nikmalari shakllantirilgan;
Buxoro mintaqasidan etishib chiqib, Movarounnahrning ilmiy markazlari hamda Sharq mamlakatlarida faoliyat yuritgan 38 nafar faqihlar hayoti, merosi haqidagi ma’lumotlardan «Ziyo» studiyasining turkum ko‘rsatuvlari, «O‘zbekiston» telekanalining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuv ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 19 dekabrdagi 01-35-2249-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda vatanparvarlik hissini uyg‘otish, yurtimiz tarixini, allomalarning boy merosini o‘rganishga xizmat qilgan;
XIII-XIV asrlar Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy va diniy hayoti, fiqh maktablari, Buxoro faqihlariga oid ma’lumotlar, xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini yoshlarga keng targ‘ib qilish yuzasidan «Yoshlarga oid davlat siyosati targ‘iboti oyligi» loyihasini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqishda, ayollarga xos masalalarda javob berish uchun ilmiy-nazariy asos sifatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil 19 dekabrdagi 04-13-6637-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda o‘z xalqi tarixini xolisona o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, ularda milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilgan.