Boltakulova Gulnoza Farruxovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida temporallik va uning deyktik xususiyatlarining qiyosiy-funksional tadqiqi», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil62.

Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.

Rasmiy opponentlar: Kasimova Zamira Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmasida temporallik kategoriyasining voqelanishi va deyktik holatlarini tillararo qiyoslashdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmasida temporallikni ifodalovchi  sintaktik birliklar komponent va sintaksemani modellashtirish usullari yordamida isbotlangan;

temporallikni ifodalovchi vositalar ishtirok etgan gap qurilmasidagi sintaktik birliklarning o‘xshash (yadro predikativ 1 (NP1) ega, yadro predikativ 2 (NP2)  kesim) hamda farqli (appozitiv noyadroviy predikativ 1(NAP1)) tomonlari asoslab berilgan;

qardosh bo‘lmagan tillar tizimida temporallik o‘rnida kelgan birliklarning gap qurilmalaridagi vazifaviy ma’nolari ochib berilgan;

gap tarkibida payt holi vazifasida kelgan sintaktik birliklarning deyktik holatlarini boshqa birliklardan farqlagan holda komponent tarkibi hamda ushbu elementlarning sintaktik sathda semantik belgilari  dalillangan;

temporallik va uning deyktik holatidagi til vositalari ifodalagan sintaksemalarning doimiyligi va o‘zgaruvchanligining sintaktik sathda namoyon bo‘lishi isbotlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ingliz va o‘zbek tillarida temporallik kategoriyasi va uning deyktik xususiyatlarining qiyosiy-funksional tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

temporal birliklarning mohiyati, sintaktik-semantik maqomi va  funksional xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy  xulosalardan OT-F8-085 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi  fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi 89-03-3982son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan material natijasida nutqiy tuzilmalar derivatsiyasi va ularning  funksional-semantik mundarijasi muammolariga doir xulosalar takomillashtirilgan;

zamon mazmuni ifodasida ishtirok etadigan lisoniy birliklarning sathlararo munosabati, variativlik belgilariga oid xulosalardan  I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv  jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi 89-03-3982-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarning mutaxassislik fanlariga oid dalillar bilan boyitilishda foydalanilgan;

nutqiy vaziyatda ish-harakatning sodir bo‘lish payti, zamoniga ishora  qilish va ma’lum faoliyat jarayonida ishtirok etish ma’nosi voqelanishi bilan bog‘liq natijalardan “Nazariy grammatika va fonetika”,  “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy masalalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi 89-03-3982-son ma’lumotnomasi). Natijada qayd etilgan fanlarni o‘qitishning sifati va samaradorligi, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashuviga xizmat qilgan;

Temporal birliklarning  ingliz tilida faollashuvi bo‘yicha olingan natijalar Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand sadosi” dasturida viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 18 sentyabrdagi 02-15/3881-son ma’lumotnomasi). Natijada temporal elementli gap tuzilishiga oid to‘plangan ma’lumotlardan bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish