Rixsiev Dilmurod Xodjiakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari rel`s zanjirlarining impul`s-fazali yo‘l qabul qilgichi», 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T951.
Ilmiy rahbar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlar doktori, professor; Xalmatov Davronbek Abdalimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlarida stansiyaning rel`s zanjirlaridagi impul`s-fazali yo‘l qabul qilgichini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xildagi xalaqitlardan rel`s zanjirlarini himoyalashning impul`s-fazali usuli stansiyadagi rel`s zanjirlarining ishlash qobiliyatini oshirish uchun signalga impul`sli belgilarni kiritish yordamida asoslangan;
yo‘l qabul qilgichning fil`trlash chegaraviy imkoniyatlarini hisoblash va undagi nazoratini amalga oshirish uchun faza burchagining shaffofligini rostlash asosida fazaviy tavsiflar aniqlangan;
poezdlar harakati uzluksizligini oshirilishiga ta’sirini baholash uchun chastotali seleksiya prinsipi asosida yo‘l qabul qilgichini chastotaviy xususiyatlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
rel`s zanjirlari ishlashini inkor qilish va uning ishdan uzilishi hamda ko‘rsatkichlarining og‘ishini ishonchli va o‘z vaqtida kuzatish orqali stansiyadagi rel`s zanjirlari ishlash qobiliyatini oshirish maqsadida mikroprotsessorli impul`s-fazali yo‘l qabul qilgichi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari rel`s zanjirlari uchun ishlab chiqilgan impul`s-fazali yo‘l qabul qilgichi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli xildagi xalaqitlardan rel`s zanjirlarini himoyalashning impul`s-fazali usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarufidagi «Salar» stansiyasiga rel`s zanjirlarini ishlatish va modernizatsiyalash amaliyotiga joriy qilingan etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 13 noyabrdagi NG/6388-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yo‘l qabul qilgichning asosiy bloki sifati ishlatiladigan faza-chastotaviy analizator rel`s zanjirini xavfli inkor etishlardan, yondosh rel`s zanjirlari ta’siridan elektr tortqili va boshqa xalaqit manbalaridan himoyalash imkonini bergan;
poezdlar harakati uzluksizligini oshirilishiga ta’sirini baholash uchun chastotali seleksiya prinsipi asosida yo‘l qabul qilgichini chastotaviy xususiyatlarining matematik modeli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarufidagi «Salar» stansiyasiga yo‘l qabul qilgich zanjirlarini takomillashtirish uchun joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 13 noyabrdagi NG/6388-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yuqori o‘zgaruvchan torqili tok va uning garmonikalari ta’sirlaridan yo‘l qabul qilgichning xalaqitga bardoshliligini yaxshilash orqali stansiyadagi poezdlar harakat xavfsizligini oshirish imkonini yaratgan;
stansiyaning rel`s zanjirlari ishlash qobiliyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan STM32F103 mikrokontroller negizidagi impul`s-fazali yo‘l qabul qilgichi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarufidagi «Salar» stansiyasiga avtomatika va telemexanika qurilmasini takomillashtirish uchun joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 13 noyabrdagi NG/6388-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yo‘l qabul qilgichning kontakli DSSh turidagi mexanik relelar o‘rniga kontaktsiz tezkor mikrokontrollerli boshqaruvchi qurilmani o‘rnatish orqali yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan.