Sayt test rejimida ishlamoqda

Samandarov Batirbek Satimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Timsollarni aniqlash muhitida elektron ta’lim resurslarini baholashning adaptiv modellari», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T401.

Ilmiy rahbar: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoza Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Tavboev Sirojiddin Axbutaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim resurslarni baholashning adaptiv modellarini qurish, sinflashtirish, informativ belgilar majmuasini shakllantirish va online rejimda monitoringini olib boruvchi dasturiy vositalar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

LMS tizimlar ma’lumotlar bazasi uchun ishlab chiqilgan IDEF1x axborot modellari asosida elektron ta’lim resurslari holatini baholashning adaptiv modellari ishlab chiqilgan;

timsollarni aniqlash muhitida elektron ta’lim resurslari belgilar majmuasini shakllantirish, ularni sinflashtirish usul va algoritmlariga asoslangan elektron ta’lim resurslari kurs elementlarining to‘laqonligini aniqlash va online rejimda monitoringini olib boruvchi baholash modeli ishlab chiqilgan;

LMS tizimlar ma’lumotlar bazasiga yagona interfeys orqali bog‘lanib elektron ta’lim resurslarini baholovchi dasturiy vosita arxitekturasi va modullararo funksional tuzilmasi ishlab chiqilgan;

elektron ta’lim resurslarini baholash va nazoratini olib borishda informativ belgilarni tanlash va elektron ta’lim resurslarini sifat ko‘rsatkichi asosida sinflashtirish usul, algoritmlariga asoslangan LMS tizimlarga integratsiya qilinuvchi dasturiy vosita ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

elektron ta’lim resurslarni baholashning adaptiv modellarini qurish, sinflashtirish, informativ belgilar majmuasini shakllantirish va online rejimda monitoringini olib boruvchi dasturiy vositalar majmuasini ishlab chiqish asosida:

elektron axborot resurslari holatini baholashning adaptiv modellari asosida online rejimda elektron ta’lim resurslari kurs elementlarining to‘laqonligini va butligini aniqlash hamda monitoringini olib borish algoritmlari Qoraqalpoq davlat universitetida tatbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 33-8/4603‑son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida virtual ta’lim tizimlaridagi elektron resurslarni baholash uchun ishlab chiqilgan modul` elektron resurslarni baholash samaradorligini 1,2 martaga oshirish imkonini bergan;

elektron resurslari holatini baholashning adaptiv modellariga asoslangan usul va algoritmlar, hodisalar bayonnomalaridagi ma’lumotlarni tanib olishda informativ belgilar majmuasini shakllantirish algoritmi «Ferret Soft» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan «Archive Kiosk», «FKadr» va «Reyting» axborot tizimlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 33-8/4603‑son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida timsollarni aniqlash muhitida ma’lumotlarni tezkor ishlash va samarali tahlil qilishda elektron resurslar holatini baholashning adaptiv modellariga asoslangan usul va algoritmlari 1,5 marta va hodisalar bayonnomalaridagi ma’lumotlarni tanib olishda informativ belgilarni shakllantirish algoritmlari 1,2 marta oshishi tizimda faoliyat olib boruvchi mas’ul xodimlarning ish unumdorligi 15-20% orttirish imkonini bergan;

UzASBO dasturiy majmuasi shakllantirib bergan hodisalar bayonnomalaridagi ma’lumotlarni tanib olishdagi (timsollarni aniqlashda) informativ belgilar majmuasini tanlash va shakllantirish algoritmlari Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 33-8/4603‑son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida UzASBO dasturiy majmuasi hodisalar bayonnomasidan to‘lov-kontrakt tushumlarini sinflashtirish va OTM shartnomalarini elektron qayd qilish dasturiy vositalari buxgalteriya va marketing xizmati bo‘limlari ish unumdorligini 1,6 martaga oshirish imkonini bergan;

timsollarni aniqlash muhitida elektron resurslari holatini baholashning adaptiv modellariga asoslangan algoritmlarni o‘zida jamlagan Web Service ko‘rinishidagi kutubxona ETRA (External Trading Arrlication) axborot tizimi elektron resurslarini baholashga, informativ belgilar majmuasini tanlash va shakllantirish algoritmi ICM (Investigative Comrliance Module) tizimi hodisalar bayonnomalari (log) ma’lumotlarini tanib olishda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish masalalarini echishga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 33-8/4603‑son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida elektron resurslari holatini baholashning adaptiv modellariga asoslangan algoritmlarni ETRA axborot tizimiga joriy qilinishi elektron resurslarini 1,5 barobarga, informativ belgilar majmuasini shakllantirish algoritmi ICM tizimi hodisalar bayonnomalarini tahlil qilishga joriy qilinishi samaradorligi 1,3 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish