Xakimov Dilshod Rustamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiyma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Husnbuzar kasalligining klinik kechishida zamburug‘li sensibilizatsiyaning roli va kompleks davolash usuli», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib70.

Ilmiy rahbar: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent  pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot  akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:

husnbuzar kasalligining klinik kechishida zamburug‘li sensibilizatsiyaning rolini aniqlash, immunologik va mikologik tekshiruvlarni hisobga olgan holda optimal davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

IIITadqiqotning ilmiy yangiligi:

husnbuzar kasalligi bo‘lgan bemorlar ichagida Candida turiga mansub zamburug‘larning koloniya paydo qilish darajasiga asoslanib kasallik klinik kechishining og‘irlik darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bor husnbuzarda kandidozli sensibilizatsiyaning  klinik kechishi va immunologik ko‘rinishlari xarakteri bilan farq qiluvchi invaziv va allergik shakllari aniqlangan;

husnbuzarli bemorlar organizmida ichakda Candida zamburug‘larining  yuqori miqdorda aniqlanish holati terida patogenli mikroorganizmlar staphylococcus spp. kolonizatsion turg‘unligining buzilishi sindromining rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan,

husnbuzarda zamburug‘li sensibilizatsiya rivojlanish mexanizmida immun tizimining T-hujayrali zvenosining xelperli variantli tomoniga  o‘zgarishi va gumoral zvenosini o‘ta faolligi hamda O‘NO-α va IL-4 sitokinlari tanqislik hollarining asosiy roli aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Husnbuzar kasalligining klinik kechishida zamburug‘li sensibilizatsiyaning roli va kompleks davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Ichak disbiozi bo‘lgan bemorlarda husnbuzar kasalligini og‘irlik darajasini prognozlash usuli” (№IAP 05196) nomli Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan. Diagnostikaning bu usuli husnbuzar kasalligining og‘irlik darajasini aniqlash va erta tashxislashga va etiopatogenetik davolashni davo taktikasiga qo‘llash imkonini bergan;

husnbuzar kasalligining klinik kechishida zamburug‘li sensibilizatsiyaning rolini oshirish bo‘yicha aniqlangan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi va Buxoro viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 noyabrdagi 8n-z/206-son ma’lumotnomasi) Tekshiruv natijalarining tatbiq qilinishi husnbuzar kasalligining davolash samarasini 64,8%ga ko‘tarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish