Nurmuxamedova Firuza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislash va davolash”, 14.00.04–Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3PhD/Tib335.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulugbek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Tulebaev Rais Kashkenovich, tibbiyot fanlari doktori, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Arifov Sayfiddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Krankenxaus Xitzing (Avstriya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitning klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parazitozlar bilan qo‘shilgan allergik rinitli bemorlada immun tizimini Th2 ya’ni gumoral javobi hisobiga, kasallik dispepsik, astenovegetativ, allergodermatologik sindromlar bilan kechishi isbotlangan;
Enterobius vermicularis va Giardia lambia allergik rinitni keltirib chiqarishi asoslangan;
allergik rinitli bemor bolalarda maxsus antitelalarning paydo bo‘lishi hisobiga, traxeya, o‘pka, ichak to‘qimalariga antigen bog‘lovchi limfotsit miqdorining oshishi va organizmda allergik jarayon uchun javob beruvchi umumiy zardob IgE ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi asoslangan;
allergik rinitli bemor bolalarda CD3-, CD4- va CD8-limfotsit ko‘rsatkichlarining pasayishi bu kabi bemorlarda ichak parazitozlari bor yoki yo‘qligini tahlil qilish kerakligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda parazitar etiologiyali allergik rinitlarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-d/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislashni takomillashtirish, davolashni muqobillashtirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“Bolalarda parazitar invaziyali allergik rinitni klinik kechish xususiyatlari va davolash usuli samaradorligini oshirish” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-d/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanmalar parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislash va davolash taktikasini optimal variantini tanlash, dori vositalarini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan asoratlarning oldini olishni ta’minlash imkonini bergan;
parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Olmazor tumani 14-oilaviy poliklinika, Toshkent shahar bolalar konsul`tativ-tashxislash markazi, ChP “Otolaringolog” klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-d/203-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi parazitar invaziyali bolalarda allergik rinitni tashxislash va davolash tizimi parazitozlar immunologik siljishlarni chuqurlashtirgan, bu CD3-, CD4- va CD8-limfotsitlar miqdorining kamayishi va umumiy zardob IgElar miqdorining oshishi bilan aniq ifodalangan va aholining mehnat qilish qobiliyatining tiklash imkonini oshirgan.