Azizov Yorqin Xusanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xirurgik sepsisda o‘pkaning norespirator faoliyati», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib169.
Ilmiy maslahatchi: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Utyamishev Ravshan Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori; Xudoyberganov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik sepsisi rivojlanish patogenezida o‘pkaning norespirator faoliyatining o‘rni va ahamiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy patofiziologik nuqtai nazardan jarrohlik sepsisi rivojlanishida o‘pkaning norespirator faoliyati buzilishining fundamental amaliy ahamiyati, o‘pkaning surfaktant hosil qilish va to‘siq-fil`tratsion metabolik faoliyati buzilishining bosqichli kasallikni og‘ir shakllarida birga kelgan holatlari ochib berilgan;
jarrohlik sepsisida o‘pkaning norespirator faoliyatining etishmovchiligi mazkur organning morfologik strukturasini bosqichli qayta qurilish fonida o‘tuvchi, chegaralangan va qaytmas jarayonlar ko‘rinishida kechishi asoslangan;
jarrohlik sepsis rivojlanishining patofiziologik mezonlarini bashorat qilish va erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan;
nitrooksigidrik tizim yallig‘lanish oldi sitokinlari va generallashgan yallig‘lanish prediktorlari belgilarining korrelyasion bog‘lanishi yordamida o‘pkaning norespirator faoliyatining buzilish darajasini integral baholash asoslangan;
jarrohlik sepsisi eksperimental modeli ishlab chiqilib, uni yumshoq to‘qimalarni yiringli yallig‘lanish kasalliklarining og‘ir shakllarini takomillashtirish modellari bilan birga kelishi va o‘pkaning norespirator faoliyatidagi o‘zgarishlarni kompleks tashxislash usullari tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xirurgik sepsisidao‘pkaning norespirator faoliyatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Sepsis. Muammoning zamonaviy qarashlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 8n-d/243 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sepsis kechishining og‘irlik darajasini aniqlash va kasallik kechishini bashorat qilish imkonini bergan;
«Sepsisni davolashning klinik iqtisodiy aspektlarning dalillariga isbotlangan tibbiy asoslari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 8n-d/243 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sepsisini davolash natijalarini sezilarli oshirish hamda kasallikni davolashga sarflanadigan xarajatlarni ishonchli dalillar asosida baholash imkonini bergan;
«Turli hajmlarda va uni kesganda o‘pkaning noraspirator faoliyati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 8n-d/243 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘pkaning norespirator faoliyatining xirurgik amaliyotini o‘tkazgandan keyin hajmlarini aniqlash va patogenetik davolash tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
xirurgik sepsisidao‘pkaning norespirator faoliyatini tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika yiringli jarrohlik va qandli diabetning jarrohlik asoratlari markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi oliy o‘quv yurtlariaro markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 8n-z/207 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sepsisda turli biokimyoviy metabolitlarda venoz-arterial farqni hisoblash yo‘li bilan asoslangan o‘pkaning norespirator faoliyatini baholashning ahamiyati, laboratoriya sharoitida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining metadologik yondashuviga tatbiq etish, pul`monal hamda ekstrapul`monal genezli patologik jarayonlarni tashxislash va bashoratlash, kelgusidagi innovatsion ishlanmalar uchun tayanch nuqtasi sifatida xizmat qilish imkonini bergan.