Adilov Djamshid Gayratovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy  ma`lumotlar.

Diisertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli S gepatit bilan kasallangan bemorlarning virusga qarshi javobining immunogenetik mexanizmlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari ).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib129.

Ilmiy maslahatchi: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muasassa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.

IK faolit ko‘rsatayotgan muasassa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti,  DSc.30.08.2018.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar akademiyasi Fundamental va klinik immunologiya ilmiy tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli S gepatitida virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali virusli S gepatitda virus genotipi turiga bog‘liq bemorlarda barqaror va nobarqaror virusologik javob shakllanishi isbotlangan; 

surunkali virusli S gepatitli bemorlarda virusga qarshi davolash davomiyligida klinik kechishining immunogenetik holat o‘zgarishi bilan  bog‘liqligi aniqlangan;

surunkali virusli S gepatitli bemorlarda virusga qarshi davolashdan avval va davomiyligida immun tizim hujayraviy bo‘g‘ini ko‘rsatkichlari bilan sitokinlar miqdori o‘zgarishi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;

ilk bor sog‘lom va surunkali virusli S gepatitli bemorlarda IL-28V genining polimorfizmi, ko‘p uchraydigan allellari va gaplotipik assotsiatsiyalari aniqlangan;

surunkali virusli S gepatitda virusga qarshi davolashdan avval va dinamikada barqaror va nobarqaror virusologik javob shakllanishida  IL-28V genining rs12979860 va rs8099917 lokusi genlari uchrashi bilan immunologik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqlik isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surunkali virusli S gepatitida virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlarni aniqlash, tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Surunkali virusli S gepatitda IL-28V genining polimorfizmi klinik-laborator va virusologik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqlik» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 8n-d/143-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali S virusli gepatitni erta tashxislash, patogenezi va  klinikasi haqida ma’lumotlar olish hamda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olishga  xizmat qilgan;

«Surunkali virusli S gepatitni differensirlangan davolash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 8n-d/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali virusli S gepatitli bemorlarni immunologik tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;

«Surunkali virusli S gepatitni virusga qarshi davolash dinamikasida  klinik-immunologik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 8n-z/222-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali virusli S gepatitli bemorlani klinik-immunologik tashxislash, kasallik kechishi va asoratlarning oldini olish hamda davolashni barvaqt boshlash orqali og‘irligini prognozlashga xizmat qilgan;

surunkali virusli S gepatitida virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlarni aniqlash, tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi, mikrobiologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti surunkali virusli kasalliklar bo‘limi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bolalar yuqumli va parazitar kasalliklari kafedrasi va immunogen-test ilmiy tashxislash markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 8n-z/222-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik remissiya muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish