Yoziev G‘olibjon Lutfullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat innovatsion rivojidagi salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari (Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari tajribasi misolida)». 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt 2

Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.27.06.2017. I.15.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Sharifxo‘jaev Shovkat Oqilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Osiyo-Tinch Okeani (OTO) mintaqasi davlatlari tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning O‘zbekiston iqtisodiyoti innovatsion rivojidagi salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish borasidagi protseduralar sonining qisqartirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;

innovatsion mahsulotlar eksportini rivojlantirish maqsadida biznes sub’ektlari uchun venchur fondlarni tashkil etishni rag‘batlantirish yo‘llari asoslangan;

oliy ta’lim muassasalarida autsorsing asosida faoliyat olib boruvchi ilmiy markazlarni tashkil etish orqali kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;

samarali innovatsion siyosatni amalga oshirish maqsadida eskirgan texnologiyalar importiga to‘siqlar o‘rnatgan holda xorijiy ishlab chiqarish korporatsiyalari va ilmiy-tadqiqot markazlarini mamlakatga kirishini rag‘batlantirish bilan bog‘liq “yo‘l xaritasi” taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari tajribalari asosida O‘zbekistonda biznes sub’ektlarini ro‘yxatga olishning osonlashtirilishi va moliyaviy engillashtirilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018 yil 17 oktyabrdagi  SS-V-02/06-4065-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatildi;

kichik biznes sub’ektlari faoliyatlariga innovatsiyalarni joriy etishda oliy ta’lim muassasalari bilan autsorsing asosida ilmiy markazlarni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 11/JU-20-10050-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amadiyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi qaror ijrosini ta’minlash uchun xizmat qildi;

biznes sub’ektlari tomonidan venchur fondlarini tashkil etish asosida innovatsion mahsulotlarni yaratish orqali eksportni rivojlantirish asoslari to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 11/JU-20-10050-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amadiyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 yanvardagi farmonning 135-bandi “Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish”ni rivojlantirish mexanizmini ta’minlash uchun xizmat qildi;

O‘zbekistonda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish qiymati va vaqtini qisqartirishga qaratilgan xalqaro savdo indikatorlaridan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018 yil 17 oktyabrdagi  SS-V-02/06-4065-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amadiyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 yanvardagi farmonning 226-bandi “Xalqaro savdo, iqtisodiy va innovatsion texnologik aloqalarni keng diversifikatsiya qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, mahalliy tovar va xizmatlarning eksport hajmini oshirish” to‘g‘risidagi hujjatni ishlab chiqishda foydalanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish