Kadirov Eshmuxamad Omanturdievichning

fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish masalalari (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari misolida)», 12.00.01–Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Dsc/Yu3.

Ilmiy maslahatchi: Tul`teev Il`yas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Sattarov Abdug‘afur Xamidovich, yuridik fanlar doktori; Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalari o‘quvchilarida huquqiy va siyosiy madaniyatni yuksaltirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish hamda uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sherikligi bo‘yicha yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish sohasidagi profilaktik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

akademik lisey va kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilarining huquqiy va siyosiy madaniyati holatini o‘rganish va tahlil qilish asosida huquqiy va siyosiy institutlarning mazkur qatlamga mansub yoshlar tarbiyasiga oid faoliyat yo‘nalishlari va mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflari asoslantirilgan;

ilk bor o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi xodimlarining o‘z xizmat faoliyatidagi huquqiy faolligini baholash yuzasidan tavsiflovchi asosiy  ko‘rsatkichlar va talablar ishlab chiqilgan;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Mediamuloqot” darslarini tashkil qilish zarurligi asoslangan;

ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining kafilligi asosida jazodan shartli ozod qilishning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi va ushbu siyosatni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning majburiyati sifatida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasi 8-bandi, 10-moddasi 6-bandi, 14-moddasi 4-bandi, 15-moddasi 2-bandi, 16-moddasi 4-bandlarini  ishlab chiqishda inobatga olingan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017 yil 22 fevraldagi 05/01-07-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlarining yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan faoliyatini tashkil qilishga huquqiy asos bo‘lgan;

o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilarining huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidagi takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va siyosiy partiyalarning mazkur qatlamga mansub yoshlar tarbiyasiga oid faoliyat yo‘nalishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi memorandumlar tuzishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 30 noyabrdagi 02/02-1238-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar huquqiy va siyosiy institutlarining mazkur qatlamga mansub yoshlar tarbiyasiga oid faoliyat yo‘nalishlari va mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;

akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining o‘z xizmat faoliyatidagi huquqiy faolligini baholash yuzasidan tavsiflovchi asosiy  ko‘rsatkichlar va talablarni belgilash takliflari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi xodimlarining odob-axloq qoidalarini tartibga soluvchi Nizomning 2, 3, 4, 5, 6, va 9-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 apreldagi 31-03/05-130-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tizim xodimlarining tartib-intizomga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini shakllanishiga hamda o‘z huquqiy faolligini baholash ko‘rsatkichlari va talablarini joriy qilishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarning normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida amaliyotchi mutaxassislar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid takliflardan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlarga «Mediamuloqot» darsini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 27 fevraldagi MX-01/12-48 son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorlik darajasini oshirish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;

ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining kafilligi asosida jazodan shartli ozod qilish borasidagi taklifi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida Memorandumda belgilandi. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 5 martdagi 2018 yil 04-13/1275-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, joylarda, ayniqsa chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘p sonli uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish