Raximov Raxmatilla Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Euphorbia Franchetii (V.Fedtsch), Euphorbia canescens (L.), Euphorbia humifusa (Willd.) o‘simliklarining polifenollari va ularning biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K21.
Ilmiy rahbar: Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Euphorbia franchetii (B.Fedtsch), E. sanescens (L.) vaE. humifusa (Willd.) o‘simliklarining polifenollari tarkibini va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor E. franchetii (B.Fedtsch), E. sanescens (L.), E. humifusa (Willd.) o‘simliklaridan 1 ta fenol oksikislotasi, 5 ta flavonol, 10 ta gidrolizlanuvchi tanninlar ajratib olingan, ularning tuzilishi aniqlangan;
E. franchetii (B.Fedtsch) o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan 1-O-galloil-2,3-geksagidroksidifenoil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza yangi gidrolizlanuvchi tannin ekanligi isbotlangan;
E. sanescens (L.) o‘simligi er ustki qismidan yangi gidrolizlanuvchi tannin 1,4,6-tri-O-galloil 2,3-valoneil-β-D-glyukoza ajratib olingan va tuzilishi aniqlangan;
ilkbor E. humifusa (Willd.) o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan 1-O-galloil-6-O-bisgalloil-2,4-valoneil-β-D-glyukoza yangi gidrolizlanuvchi tannin ekanligi isbotlangan;
ajratib olingan moddalar antioksidant va antigipoksant faollikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
E. franchetii (B.Fedtsch), E. sanescens (L.) va E. humifusa (Willd.) o‘simliklarining polifenollari va ularning biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simliklardan ajratib olingan polifenol birikmalari FA-A10-T053 raqamli «Qandli diabetda oksidativ stress holatini mahalliy xom ashyodan olingan tabiiy birikmalar bilan korreksiyalash uslubini ishlab chiqish» loyihasida in vitro sharoitda biologik faol moddalarning antioksidant hamda gipoglikemik faollikni namoyon etishida ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 4/1255-2467-son ma’lumotnomasi). Natijada eksperimental diabetda tanninlar qondagi glyukoza miqdorini gliklazidga nisbatan ikki barobar ko‘proq tushirish, yuqori antioksidant va gipoglikemik faollikni namoyon etish, to‘qimalar tomonidan glyukozani utilizatsiya qilinishida jigar glyukokinaza fermentini qaytarish imkonini bergan;
polifenol birikmalarning oqsillar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi Belostok universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan (University of Bialystok Institute of Biology Department of Biologyning 2018 yil 13 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada polifenollar α-sinuklein bilan birikib, ularning o‘zaro agregatsiyaga uchrashini ingibirlash va neyrodegenerativ kasalliklarni oldini olish hamda davolash xususiyatiga ega bo‘lgan dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
polifenol birikmalarning peroksidli oksidlanish modellarida mitoxondriyalarni himoya qilib, antioksidantlik faolligini namoyon qilishi Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon Fizika va kimyo texnika intitutining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Xinjing Engineering Center for Ethnomedicice of Xinjing Technical Institute of Physics and Chemistry of CASning 2018 yil 30 avgusdagi ma’lumotnomasi). Natijada organizmning turli patologik holatlardagi oksidativ stress jarayonida polifenol moddalar antioksidantlik xususiyati va membranoprotektorlik xossalari tufayli turli patologik holatlarning oldini olish imkonini bergan.