Karpushkin Sergey Igorevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dizel` dvigatelli avtomobillar ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yoqilg‘i xususiyatlarini depressor qo‘shilma yordamida yaxshilash orqali oshirish», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T198.

Ilmiy rahbar: Risqulov Alimjan Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Musadjanov Maxamadjon Zokirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: dizel` dvigatelli avtomobillar ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun mahalliy xomashyo asosida depressor qo‘shilmali dizel` yoqilg‘isini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

polietilentereftalat asosida karboksilli yog‘li kislotalar bilan modifikatsiyalangan, yangi deprossor qo‘shilma olish usuli ishlab chiqilgan;

depressor qo‘shilmani past harorat xususiyatli dizel` yoqilg‘isi tavsiflari parametrlariga ta’siri mexanizmi asoslangan va dizel` yoqilg‘isining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xususiyatlarining optimal parametrlarini ta’minlash uchun konsentratsion oraliq aniqlangan;

yozgi dizel` yoqilg‘isida depressor qo‘shilmani kiritish haroratining ta’siri, yoqilg‘ida namlik mavjudligi, shuningdek, yoqilg‘ining uglevodorod tarkibini qo‘shilma samaradorligiga ta’siri aniqlangan.

yozgi dizel` yoqilg‘idagi qo‘shilmani avtotransport va yo‘l texnikasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dizel` avtomobillari va yo‘l qurish texnikalari ekspluatatsiyasi uchun import o‘rnini bosuvchi yuqori molekulyar birikmali depressor qo‘shilma ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Depressor qo‘shimchalarni olish usuli»ga  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 0515, 2015 y.). Ishlab chiqilgan usul O‘zbekiston sharoitida atrof-muhitning eng past havo haroratida ham yozgi dizelli yonilg‘sini qovushqoqligini oshib ketmasligi imkonini bergan;

yozgi dizel` yonilg‘isining muzlash haroratini pasaytirish maqsadida polietilentereftalat asosida karboksilli yog‘li kislotalar bilan modifikatsiyalangan, depressor qo‘shilma «Maxsusyuktrans» unitar korxonasining dizelli transport vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonlariga joriy qilingan hamda yozgi dizel` yoqilg‘isiga qo‘shiladigan depressor qo‘shilma O‘zbekiston  Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining yuk avtomobillari, samosvallar, avtokran va frontal yuklagichlarida qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining  2018 yil 26 noyabrdagi 01-242-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining 2018 yil 21 noyabrdagi 30/10-22019-son ma’lumotnomalari). Natijada yozgi dizel` yoqilg‘isining tarkibiga 0,1-0,2 konsentratsiyali qo‘shilma qo‘shilganda muzlash haroratini minus 12oS dan minus 29oS gacha pasaytirish va qishki mavsum davrida tabiiy sharoitda yozgi yoqilg‘idagi ish qobiliyati oshirish hamda 0oS dan minus 10oS harorat oralig‘ida qo‘shilmani qo‘llash yoqilg‘ini qovushqoqlik xususiyati yaxshilash hisobiga yozgi yoqilg‘ini 6–7% ga tejash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan «Tajriba-sanoat qurilmalarida depressor qo‘shilmali qishki dizel` yonilg‘isini ishlab chiqarish uchun muvaqqat texnologik reglamentlar»ga asosan avtoxo‘jalik avtomatik yoqilg‘i quyish va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalariga joriy qilingan (O‘zbekiston  Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining  2018 yil 26 noyabrdagi 01-242-son  va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining 2018 yil 21 noyabrdagi 30/10-22019-son ma’lumotnomalari). Natijada yozgi dizel` yoqilg‘isining qish mavsumida qovushqoqligini saqlab qolish orqali avtomobillarga xizmat ko‘rsatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish