Kurbaniyazova Gulsauir Tanirbergen qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi Gagea Salisb. turkumi (O‘zbekiston miqyosida)”, 03.00.05-Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B722.
Ilmiy rahbar: Levichev Igor Germanovich, biologiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Husniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy-g‘arbiy Pomir-Oloyda tarqalgan Gagea turkumini morfologik, eko-geografik va molekulyar xususiyatlarini aniqlash orqali, taksonomik holatini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubi-G‘arbiy Pomir-Oloy (O‘zbekiston miqyosida) florasida tarqalgan Gageaning 47 taksonlaridan iborat zamonaviy konspekti yaratilgan va taksonlarni aniqlash kaliti tuzilgan; 
turkumning qurg‘oqchil yashash joylari sharoitlariga moslashgan ildizlarining o‘ziga xos xususiyatlari (velamen turlari) aniqlandi hamda piyozchalari, ildizoldi va poya barglari, shuningdek, generativ organlarining morfologik belgilari  tavsiflangan;  
O‘zbekiston florasi uchun yangi bo‘lgan Gagea pakistanica Levichev et Ali va G. wallichii Levichev et Ali  turlari aniqlangan;
turkum taksonlarning botanik-geografik rayonlar, areal tiplari va balandlik mintaqalari bo‘yicha  va to‘r tizimli xaritalash bo‘yicha geografik tahlili o‘tkazilgan;
ilk bor Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloy hududidagi Gagea turkumi vakillari uchun yadro DNKsining IS tahlili amalga oshirilgan.  Bu esa Gagea turkumi uchun to‘qqiz seksiyadan iborat 32 turidan filogenetik daraxt tuzilgan. Uchta asosiy klad aniqlangan bo‘lib, ular turkum ichidagi filogenetik bog‘liqliklar va an’anaviy seksiyalar tasnifi zamonaviy molekulyar-filogenetik tadqiqotlar natijalariga mos kelmasligini ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloy hududida tarqalgan Gagea turkumini taksonomik, geografik va ekologik o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Gagea turkumining 22 turlarining 1005 namunasi gerbariy na’munalari asosidagi ma’lumotlar bazasi Global bioxilma-xillik ma’lumotlari tizimiga (www.gbif.org, GBIF) kiritilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlari bazasi sertifikati www.gbif.org, 2024-yil 5 martdagi №002 guvohnomasi). Natijada, GBIF portalida o‘simliklar turkumi bazasini boyitishga xizmat qilgan, shuningdek, turkumning global geografik, taksonomik va ekologik tahlil qilish imkonini bergan; 
Janubi-g‘arbiy Pamir-Oloy hududida (O‘zbekiston miqyosida) tarqalgan Gagea turkumiga oid 25 ta turning 1000 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekti fondiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 29.01.2025 yildagi ma’lumotnomasi №4/1255-258-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish