Shukurova Lola Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston shaharlarida atmosfera changining turar-joylarni rejalashtirishdagi ta’siri (Samarqand shahri misolida)”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5530.
Ilmiy rahbar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/04.07.2023.T.11.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich texnika fanlari doktori, professor; Norov Nusrat  texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “QIShLOQQURILIShLOYIHA” DM. 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahrining kuchsiz shamol oqimi harakati bilan bog‘liq atmosfera changining turar-joy hududlari va binolari  yuzalarida kamaytirish usullarini shaharsozlik rejalashtirishda tadbiq qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-changlanish omilini hisobga olgan holda shaharlarda turar-joy binolarining mikroiqlim va shamol parametrlarini yaxshilash imkoniyatlari ochib berildi;
-turar-joy hududi changining gorizontal va vertikal harakat  rejimi, ularning changlanish darajasi, shahar ichidagi changning tarqalishi va turar-joy hududlarining aeratsiya rejimi qonunlari va mexanizmiga asoslangan holda changni baholash usuli ishlab chiqildi;
-shaharsozlikda changlanish omilini hisobga olgan holda «aerodinamik guruh» tushunchasi kiritildi va uning mazmuni ochib berildi;
-«yashil tom» va bino fasadlarini “yashil qalqon” ko‘kalamzorlashtirish usullarining matematik modeli ishlab chiqildi;
-shaharsozlikda changni hisobga olgan holda turar-joy rejasini shakllantirshda  shamol rejimini hisobga olish usuli  tavsiya qilindi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 23 apreldagi “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 231-son qaroriga muvofiq takomillashtiriladigan shaharsozlik  normativ hujjatlarni ishlab chiqish va ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” me’yoriy hujjatiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun qabul qilingan (O‘zshaharsozlik LITI DM bosh loyiha institutining 2025 yil 14-yanvardagi №2-02/40- sonli dalolatnomasi).
Shu bilan birgalikda, dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari global iqlim o‘zgarishi jarayonlarida Respublikamiz shaharlarida (Samarqand shahri misolida) turar-joy komplekslarini barpo etishda binolar fasadiga qo‘yilgan talablar, “yashil tom” bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik modellar yurtimizda ekoshaharlarni loyihalashda ilmiy manba sifatida asoslanib amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi  vazirligining 14.03.2025 yildagi  (34-06/2963-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish