Hoshimxonov Mo‘minning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boborahim Mashrab va XVII–XVIII asrlarda ijtimoiy-axloqiy fikr rivoji”, 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fal12.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Bahtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Mahmudxo‘ja, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boborahim Mashrab va XVII–XVIII asrlarda ijtimoiy-axloqiy fikr rivojini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish asosida Sharq mutafakkirlari g‘oyalarining umuminsoniy va insonparvarlik mohiyatini ochib berish va bu g‘oyalarning jahon falsafiy tafakkuri rivojidagi o‘rnini yoritishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boborahim Mashrab ijtimoiy-ma’naviy merosining XVII–XVIII asrlar ijtimoiy-axloqiy fikrlar rivojidagi konstruktiv-yetakchilik o‘rni falsafa tarixi nuqtai nazaridan ko‘rsatib berilgan;
Boborahim Mashrab ma’naviy merosida ijtimoiy-falsafiy, ilmiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, didaktik-ta’limiy va ma’rifiy qarashlarning ildizlari, shaxs va jamiyat, adolat va tenglik kontekstida falsafiy mohiyati ochib berilgan;
Boborahim Mashrab ijtimoiy-ma’naviy, diniy, tasavvufiy, ilmiy, didaktik, ta’limiy va ma’rifiy qarashlari falsafiy tizimlashtirish asosida nazariy tahlil qilingan va ularning zamonaviy axloqiy tarbiyadagi o‘rni asoslangan;
Mashrabning hayoti va ijodiy merosi XVII–XVIII asrlarda vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, madaniyat, ilm-fan va ijtimoiy-ma’naviy fikrlari rivojining muhim xususiyat va qonuniyatlarini o‘rganishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
islom dini va tasavvuf ta’limotining Mashrab ijodiga ta’siri va uning zamiridagi axloqiy g‘oyalarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boborahim Mashrab va XVII–XVIII asrlarda ijtimoiy-axloqiy fikr rivojini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mashrab va XVII–XVIII asrlarda ijtimoiy-axloqiy fikr rivojida ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ildizlari, mutafakkirlarning shaxs va jamiyat haqidagi qarashlari, Mashrab ijodiga mutasavviflar ta’siri, uning g‘azaliyotidagi tasavvufiy g‘oyalar talqini, Mashrabning islomga bo‘lgan munosabati, mutafakkir qarashlarida ijtimoiy axloq masalalariga oid takliflardan O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 20 dekabrdagi 2551-son ma’lumotnomasi). Natijada Boborahim Mashrab ijodi bo‘yicha talabalarda zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni, falsafa tarixi yuzasidan mutaxassislik xususiyatlarini shakllantirish hamda diniy-ma’naviy ta’lim mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
Boborahim Mashrab ma’naviy merosida ijtimoiy-falsafiy, ilmiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, didaktik-ta’limiy va ma’rifiy qarashlarning ildizlari, shaxs va jamiyat, adolat va tenglik kabi ilmiy xulosalaridan A-1-149 raqamli “O‘zbekiston falsafasi tarixi (uch tomlik, o‘zbek tilida) asarining II tomini tayyorlash va nashrdan chiqarish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 89-03-4056-son ma’lumotnomasi). XVII-XVIII asrlarda Movarounnahrdagi falsafiy-tasavvufiy ta’limotlar, g‘oyaviy manbalar, ularning muhim xususiyatlari tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu loyihadan olingan ilmiy natijalar falsafa tarixi darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Boborahim Mashrab ijtimoiy-ma’naviy, diniy, tasavvufiy, ilmiy, didaktik, ta’limiy va ma’rifiy qarashlarini falsafiy-tizimlashtirish asosida nazariy tahlil qilingan va ularning zamonaviy ahloqiy tarbiyadagi o‘rni bo‘yicha olingan xulosalardan FA-FI-G039 raqamli “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” (2012–2016) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish doirasida mazkur tadqiqotdagi Mashrab, Nasimiy, Mansur Halloj haqidagi hamda qator tasavvufiy timsol-tushunchalariga oid maqolalarni yozishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 89-03-4056-son ma’lumotnomasi). Natijada bu kitob navoiyshunos olimlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilgan;
Mashrabning hayoti va ijodiy merosi XVII–XVIII asrlarda vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, madaniyat, ilm-fan va ijtimoiy-ma’naviy fikrlari rivojining muhim xususiyat va qonuniyatlarini o‘rganishdagi ahamiyatiga oid takliflardan GZ-2017092980 raqamli “O‘zbekiston jadal rivojlanish sharoitida yoshlarning tolerantlik dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 89-03-4056-son ma’lumotnomasi). Mazkur grantning muvaffaqiyatli bajarilishi natijasida Toshkent DIUda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Boborahim Mashrab dunyoqarashining o‘ziga xosligi va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid bunyodkor g‘oyalaridan global tahlikali zamonda zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olish, yoshlar orasida ma’naviy meros, milliy g‘oya, ma’naviy taraqqiyot va ajdodlarimizni ma’naviy merosi targ‘ibotiga qaratilgan taklif va tavsiyalardan 2017–2018 yillardagi ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 23 noyabrdagi 02/002-1234-18-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk allomalarimiz mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi mobil` ilova yaratish va uni ishga tushirish imkonini bergan;
Boborahim Mashrab ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafa, ijtimoiy va axloqiy qarashlarni yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlaridan Yoshlar ittifoqi tizimida e’lon qilingan “2018 yil – Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etish yili” doirasida yoshlar bilan tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida maxsus yil dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 19 noyabrdagi 04-13/5991-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotdan yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, munozara madaniyatini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-seminar, targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan bo‘lib, u yoshlarning mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini anglash, yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, ayniqsa, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirishga ijobiy ta’sir qilgan;
islom dini va tasavvuf ta’limotining Mashrab ijodiga ta’siri va uning shaxsiyatini belgilovchi omillar, uning qiyofasini aks ettiruvchi qissa va tazkiralardagi afsona va rivoyatlar zamiridagi g‘oyalarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni ko‘rsatib ko‘rsatib beruvchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” to‘garagida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 19 noyabrdagi 01-03-13/1597-son ma’lumotnomasi). Natijada Boborahim Mashrab ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga xizmat qilgan.