Omonov Xayitboy Axmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Ovminzatov tog‘ining geologik tuzilishi va ma’danlashuvi (Markaziy Qizilqum)», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/GM21.
Ilmiy rahbar: Abduazimova Zoya Musaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Isaxodjaev Baxtiyor Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Isokov Maksud Uzakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Markaziy geologiya va geofizika ekspedisiyasi» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ovminzatov tog‘ining geologik tuzilishini hamda oltin, uran, nodir va kamyob er metallari ma’danlashuvini joylashish sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ovminzatov tog‘lari tomezozoy yotqiziqlari ustsubduksion-akkresion komplekslarining geologik-tektonik tuzilishi modeli ishlab chiqilgan;
Ovminzatov tog‘larida rivojlangan burmali-surilmali komplekslarining aktuallashtirilgan legendasi ishlab chiqilgan;
Ovminzatov tog‘larining tektonik tuzilishi uchta strukturaviy shar`yaj qurilmali qavatlardan (al`p, gersin, kaledon) tarkib topganligi asoslangan;
oltin ma’danlashuvining joylashishi surilmali strukturalarning kinematikasi shimoliy-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy er yoriqlari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ovminzatov tog‘lari va tog‘oldi rayonlarining geologik tuzilishining o‘ziga xosliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ovminzatov tog‘ining 1:100000 masshtabdagi geologik xaritasi «Regional geologiya tasvirlash ekspedisiyasi» DKda amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 04/20-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada noan’anaviy pozisiyalardagi ma’danli ob’ektlarni aniqlashga qaratilgan bashorat-metallogenik tadqiqotlarni olib borish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
muvofiqlashtirilgan legenda «Regional geologiya tasvirlash ekspedisiyasi» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 04/20-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada kollizion komplekslar rivojlangan boshqa hududlarning geologik xaritasini tuzishda ilmiy-uslubiy baza bo‘lish imkonini bergan;
Ovminzatov tog‘lari tomezazoy fundamenti yuzasining tuzilgan sxematik geologik-strukturaviy xaritasi «Regional geologiya tasvirlash ekspedisiyasi» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 04/20-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lum bo‘lgan ma’danli ob’ektlarning strukturaviy o‘rnini aniqlash va mezozoy-kaynozoy g‘ilofi ostidagi qidirish ishlarini yo‘naltirish imkonini bergan;
oltinga istiqbolli deb ajratilgan to‘rtta uchastka «Regional geologiya tasvirlash ekspedisiyasi» DKda joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 04/20-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Lolazor uchastkasida geologik qidiruv ishlarini olib borish va oltin bo‘yicha respublika mineral xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan.