Sayt test rejimida ishlamoqda

Ashurov Zarifjon Sharifovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deviant xulq-atvorli bemorlarda alkogolizm va narkomaniyaning klinik xususiyatlari», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib10.

Ilmiy maslahatchi: Xodjaeva Nazira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Sivolap Yuriy Pavlovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: premorbidda deviant xulq-atvorli bemorlarda alkogolizm va opiyli giyohvandlikning klinik-psixopatologik xususiyatlarini shaxsiy-biologik va ijtimoiy-psixologik omillarini hisobga olgan holda davolash-reabilitatsiya hamda profilaktika chora-tadbirlar sifatini oshirish iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

alkogolizm va opiyli giyohvandlikka chalingan bemorlar premorbididagi deviant xulq-atvor rivojlanishida perinatal patologiya kuzatilishi, emotsional-noturg‘un va eksploziv shaxs tiplarining ustunligi, narkologik va ruhiy kasalliklarga nasliy moyillik hamda ijtimoiy-psixologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

psixoaktiv vositalarni iste’mol qilishning erta boshlanishi, qaramlikning yuqori tezlikda shakllanishi hamda abstinent sindromning og‘ir kechishi bilan xarakterlanadigan, premorbidda deviant xulq-atvorli alkogolizm va opiyli giyohvandlikka chalingan bemorlarda qaramlikning yuqori darajadagi progredient kechishi asoslab berilgan;

premorbidda deviant xulq-atvorli bemorlarda patologik maylning xulq-atvor va affektiv komponentlari ustunlik qilishi aniqlangan;

qaramlik yuqori darajada progredient kechuvchi deviant xulq-atvorli bemorlarda bosh miyaning biroz qurishidan to subkortikal makon va bosh miya po‘stloq qismi peshona bo‘lagi egatchalarining kengayishi kabi morfologik o‘zgarishlarning shakllanishi aniqlangan;

premorbidda deviant xulq-atvorli alkogolizm va opiyli giyohvandlikka chalingan bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun kognitiv xulq-atvor psixoterapiyasini qo‘llash patogenetik asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Deviant xulq-atvorli bemorlarda alkogolizm va narkomaniyaning klinik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Deviant xulq-atvorli alkogolga qaram bemorlar psixoterapiyasining o‘ziga xosligi» mavzuidagi uslubiy tavsiyanoma rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 apreldagi 8N-d/27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy  natijalarning joriy qilinishi premorbidda deviant xulq-atvorli alkogol va opiatlarga qaram bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda qayta kasallanishlar va asoratlarning kamaytirish imkonini bergan;

premorbidda deviant xulq-atvorli alkogolizm va opiyli giyohvandlikning klinik xususiyatlari rivojlanishi, kechishi va davolash-reabilitatsiya chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Xorazm viloyati narkologik dispanseri va Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 apreldagi 8N-d/27-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida bemorlarning ijtimoiy moslashuvi yaxshilangan, qayta kasallanishlarning oldi olingan, kasallik klinik remissiya holatlarining 1,6 martaga oshib, shifoxonada davolanish zaruratining 2 marta kamaytirish imkonini bergan, bu esa davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning qariyb teng barobar tejalishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish