Movlanov Jaxongir Jurabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Janubiy Nurota tog‘larini oltin ma’danlashuvini bashoratlash mineralogiya-geokimyoviy mezonlari (G‘arbiy O‘zbekiston)», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM44.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Koldaev Aleksandr Aleksandrovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Umarov Akramiddin Zayniddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Markaziy geologiya va geofizika ekspedisiyasi» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Nurota tog‘larida oltin ma’danlashuvini bashoratlashni mineralogiya-geokimyoviy mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Nurota burmali zonalarini oltin ma’danlashuvining mineralogik tarkibi va tipomorfizmi asosida ma’danli va ma’dansiz kvars tomirlari aniqlangan;
ob’ektlarda oltin va unga yo‘ldosh ma’danli birlamchi elementlar (As, Ag, Pb, Sb) hamda ikkilamchi tarqalish oreollarining keng rivojlangan kompleks geokimyoviy anomaliyalarini bog‘liqligi aniqlangan;
Janubiy Nurota oltin ma’danlashuvining joylashish xususiyatlarini mineralogik mezonlari ishlab chiqilgan;
oltin ma’danlashuvli hududlarni istiqbolini baholashning yangi geokimyoviy mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Nurota tog‘larida oltin ma’danlashuvini bashoratlash mineralogiya-geokimyoviy mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Nurota tog‘ining endogen oltin ma’danlashuvining geokimyoviy bashoratlash xaritalari «Regionalgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 10 oktyabrdagi 04/21-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Nurota tog‘larida oltin uchun geologik qidiruv va s’yomka ishlarini olib borish imkonini bergan;
kvars hosilalari generatsiyasining ma’danli va ma’dansiz kvars tomirlariga ajratilganligi to‘g‘risidagi xulosalar «Regionalgeologiya» Davlat unitar korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 10 oktyabrdagi № 04/21-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlar bo‘yicha maxsus ilgarilama dala, kameral ishlarini aniq maqsadli va samarali amalga oshirish imkoni yaratilgan;
o‘n to‘rtta istiqbolli maydonlarining ikkitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 28 martda tasdiqlangan 246-son «Xorijiy investisiyalar jalb etiladigan geologik o‘rganish uchun qattiq foydali qazilmalarning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan turlarining istiqbolli yo‘nalishlari» ro‘yxatiga kiritilgan. Natijada geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun To‘sun va Qoraqchatov maydoniga (Turkiya) investisiyalarini kiritish imkonini bergan.