Akbarova Sadoqat Asadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8038.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdag iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayonining mohiyati shaxsda ekologik ahamiyatga ega xususiyatlarni rivojlantirish bilan uyg‘unlashgan individuallik sohasining ekologik, kommunikativ, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va metodik kompetensiyalar bilan o‘zaro harakatining sintezi va uzviy bog‘liqligini nazariy-konseptual asoslash asolida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ekologik fikrlash, ekologik ta’limiy va amaliy faoliyatga motivatsion yo‘nalganlik, gamma tuyg‘ularni ongli nazorat qilish, axloqiy-irodaviy intilish, ekopedagogik strategiya va texnologiyalarni o‘zlashtirish, pozitiv “pedagog – eko – Men” konsepsiyasining mavjudligi bilan bog‘liq sifatlar interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti axborot-bilim maydonini maqsadli loyihalash, ekologik yo‘nalgan faoliyatni tashkil etish, pedagogik amaliyot jarayonida aksiologik ahamiyatga ega kompleks tadbirlar majmuini amalga oshirishga qaratilgan ekopedagogik o‘zaro hamkorlikka asoslangan birgalikdagi harakatning produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari integrallashgan ekologik bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, ekologik targ‘ibot va tashviqot jarayonlarida faol ishtirok etish, “Ekopedagog” to‘garagi mashg‘ulotlarida mualliflik mobil ilovadan foydalanish bilan bog‘liq o‘qitish ssenariysiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayonining mohiyati shaxsda ekologik ahamiyatga ega xususiyatlarni rivojlantirish bilan uyg‘unlashgan individuallik sohasining ekologik, kommunikativ, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va metodik kompetensiyalar bilan o‘zaro harakatining sintezi va uzviy bog‘liqligini nazariy-konseptual asoslash asolida aniqlashtirishga doir takliflar “Uzlyuksiz ta’limda tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1-son qarori asosida berilgan 2024/254U-394-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni “yashil pedagogika”ga doir umumkasbiy kompetensiyalar tizimini loyihalashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ekologik fikrlash, ekologik ta’limiy va amaliy faoliyatga motivatsion yo‘nalganlik, gamma tuyg‘ularni ongli nazorat qilish, axloqiy-irodaviy intilish, ekopedagogik strategiya va texnologiyalarni o‘zlashtirish, pozitiv “pedagog – eko – Men” konsepsiyasining mavjudligi bilan bog‘liq sifatlar interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’limda tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1-son qarori asosida berilgan 2024/254U-394-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni “yashil pedagogika”ga doir umumkasbiy kompetensiyalar tizimini loyihalashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti axborot-bilim maydonini maqsadli loyihalash, ekologik yo‘nalgan faoliyatni tashkil etish, pedagogik amaliyot jarayonida aksiologik ahamiyatga ega kompleks tadbirlar majmuini amalga oshirishga qaratilgan ekopedagogik o‘zaro hamkorlikka asoslangan birgalikdagi harakatning produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’limda tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1-son qarori asosida berilgan 2024/254U-394-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ekologik yo‘nalgan ilmiy-amaliy loyihalardagi faolligini oshirish mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari integrallashgan ekologik bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, ekologik targ‘ibot va tashviqot jarayonlarida faol ishtirok etish, “Ekopedagog” to‘garagi mashg‘ulotlarida mualliflik mobil ilovadan foydalanish bilan bog‘liq o‘qitish ssenariysiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga “Uzlyuksiz ta’limda tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1-son qarori asosida berilgan 2024/254U-394-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ekologik yo‘nalgan ilmiy-amaliy loyihalardagi faolligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish