Ruzimova Intizor Xujamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi misolida)”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Ped 8761. 
Ilmiy rahbar: Muxsieva Aziza Shamsiddinova, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika  universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
 Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaniyozov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori professor.  
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
       bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari inson ongining hissiy idrokdan abstrakt tafakkurga o‘sishini qiyosiy tasniflash hamda talabalarni individual qiziqishlarini ilmiy tadqiqotga bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan to‘la qiymatli anglashga qaratilgan tezkor va qulay bilimlarni o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
     bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish modeli tadqiqotchilikka tayyorgarlik komponentlarini  maqsadli, mazmunli, operatsion, natijaviy-baholovchi bloklarga ajratish, tadqiqotchilik qadriyatlari va tamoyillarini maqsadli kiritib borish hamda bloklar mazmunini yoritib berishga ko‘ra yangi tasavvurlar va amaliy ahamiyatini ehtiyojlar motivlar va maqsadlarga moslashtirish asosida  takomillashtirilgan;
     bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi didaktik va dasturiy vositalar aloqadorligi maqbul uyg‘unligini media resurslar orqali o‘zaro ma’lumot almashinishda foydalanish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlarni elektron ta’lim muhitida bosqichma-bosqich shakllantirish hamda muammoli vaziyatlar echimini hamkorlikda manzilli izlash asosida takomillashtirilgan;
       bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi samaradorligi harakatlar rejasini kasbiy rivojlanishga moslashtirish, analiz-sintez refleksiv faoliyat natijalarini tahlil etish, kreativ mulohaza yuritish hamda baholash mezonlari  obektivligini motivatsion, raqamlilik va rivojlantiruvchi qiyosiy baholash darajalariga uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi misolida) ga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari inson ongining hissiy idrokdan abstrakt tafakkurga o‘sishini qiyosiy tasniflash hamda talabalarni individual qiziqishlarini ilmiy tadqiqotga bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan to‘la qiymatli anglashga qaratilgan tezkor va qulay bilimlarni o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 360102 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
    bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish modeli tadqiqotchilikka tayyorgarlik komponentlarini  maqsadli, mazmunli, operatsion, natijaviy-baholovchi bloklarga ajratish, tadqiqotchilik qadriyatlari va tamoyillarini maqsadli kiritib borish hamda bloklar mazmunini yoritib berishga ko‘ra yangi tasavvurlar va amaliy ahamiyatini ehtiyojlar motivlar va maqsadlarga moslashtirish asosida  takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi. Xalqaro baholash dasturi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-393 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
    bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi didaktik va dasturiy vositalar aloqadorligi maqbul uyg‘unligini media resurslar orqali o‘zaro ma’lumot almashinishda foydalanish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlarni elektron ta’lim muhitida bosqichma-bosqich shakllantirish hamda muammoli vaziyatlar echimini hamkorlikda manzilli izlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 360102 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil tadqiqotchilik kompetensiyalari kengaytirilgan;
    bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi samaradorligi harakatlar rejasini kasbiy rivojlanishga moslashtirish, analiz-sintez refleksiv faoliyat natijalarini tahlil etish, kreativ mulohaza yuritish hamda baholash mezonlari  obektivligini motivatsion, raqamlilik va rivojlantiruvchi qiyosiy baholash darajalariga uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tadqiqiy pedagogika” darsligi mazmuniga kiritilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-382 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasining rivojlantirish kreativligi oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish