Janibekov Bobir Omonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):

«Markaziy Qizilqum oltin ma’danli konlari hosil bo‘lishining strukturaviy-tektonofizik sharoitlari (Auminzatov va Beltov tog‘lari)», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM29.

Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Soy Vladimir Denievich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Koloskova Svetlana Maksimovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Auminzatov va Beltov tog‘larining kuchlanishi hamda geodinamikasi shakllanishini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oltin namoyonlari hosil bo‘lish sharoitlari va konlarda ma’dan joylashishi uchun qulay pozisiyalar aniqlangan;

ma’danli maydon geologik rivojlanishi bosqichlarida tog‘ jinslarining kuchlanish va deformatsiyasi, ularning makondagi orientatsiyasi, morfologiyasi va murakkablilik darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan;

bloklar vertikal-gorizontal harakatlanishi ta’sirida oltin ma’danli minerallashuvi namoyon bo‘lgan va kuchlanishi past tarqalgan uchastkalarda, neytrallashgan zonalarda konlar shakllanishi asoslangan;

Dovg‘iztog‘, Omontoytog‘ va istiqbolli uchastkalarda shakllanishi geodinamik jihatdan faol er yoriqlarining ochilish va cho‘zilish deformatsiyasi namoyon bo‘lgan zonalari shakllanganligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Auminzatov va Beltov tog‘lari oltin konlarining hosil bo‘lishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Auminzatov va Beltov tog‘larida oltin konlarining hosil bo‘lishida strukturaviy-tektonofizik sharoitlari «Markaziy O‘zbekiston geologik-s’yomka izlash ekspedisiyasi» davlat korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 8 oktyabrdagi 04/22-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada yopiq maydonlarda qidiruv ishlarini olib borishda er qobig‘i strukturalarini va tektonik kuchlanishlarni aniqlash samaradorligini imkonini bergan;

Auminzatov va Beltov tog‘larida oltinga istiqbolli va uni bashoratlash-qidiruv mezonlari «Markaziy O‘zbekiston geologik-s’yomka izlash ekspedisiyasi» davlat korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 8 oktyabrdagi 04/22-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Omontoytog‘ koni flanglarida qidiruv ishlarini olib borish imkonini bergan;

oltinga istiqbolli va uni bashoratlash-qidiruv mezonlari «Dovg‘iztog‘ geologiya qidiruv ekspedisiyasi» Davlat korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 8 oktyabrdagi 04/22-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Dovg‘iztog‘ koni flanglarining metallogenik baholanishi hamda keyingi geologik-izlash ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish