Yuldasheva Gulchexra Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlikdan oldin COVID-19 o‘tqazgan homilador ayollarning klinik va immunologik holati» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib4751.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Djabbarova  Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikdan oldin COVID-19 bilan kasallangan ayollarda homiladorlikning klinik va immunologik xususiyatlarini aniqlashga asoslangan holda homiladorlikni boshqarishga differensial yondashuvning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor homiladorlikdan oldingi qisqa predgravidar davrda koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasidan qat’i nazar, ona organizmining homilaga nisbatan immunologik tolerantligi buzilishi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan so‘nggi halokat holatlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini simptomsiz o‘tkazgan ayollarda gestatsiyaning turli bosqichlarida yallig‘lanishga hos sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8) miqdori oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdori pasayishi kuzatilganligi aniqlangan;
ilk bor IFNα miqdorining pasayishi hamda IFNγ miqdorining oshishi homila holatini baholashda yangi prognostik mezon ekanligi asoslangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasining oqibatlari ayollar reproduktiv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bu holat gestatsiya davrida sitokin holatining dinamik o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda homiladorlikning klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish va sitokin profiliga asoslangan diagnostika yondashuvlarini ishlab chiqish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi:  ilk bor homiladorlikdan oldingi qisqa predgravidar davrda koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasidan qat’i nazar, ona organizmining homilaga nisbatan immunologik tolerantligi buzilishi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan so‘nggi halokat holatlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va RIOvaBSIATM Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikdan oldin koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan ayollar uchun antenatal yordam sifatini oshirishga, gestatsiya davrining fiziologik kechishini ta’minlash, homilaning yo‘qotilishini oldini olish, uning normal bachadonda rivojlanishini ta’minlash hamda perinatal o‘limni kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish COVID-19 bilan bog‘liq sitokin profilini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan  va 118 bemorda davolash xarajatlarini 73632000 so‘mga tejashga imkon bergan; xulosa: homiladorlikning kechishiga oid kompleks tahlil COVID-19 boshdan kechirgan ayollarda rivojlanuvchi akusherlik asoratlarining tabiati va xususiyatlarini aniqlashga hamda klinik kuzatuvning yangi yondashuvlarini taklif etishga, qolaversa ushbu toifadagi homilador ayollarni yuqori xavf guruhiga kiritib, ularni kuchaytirilgan tibbiy kuzatuv ostiga olish zarurligini asoslab beradi
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini simptomsiz o‘tkazgan ayollarda gestatsiyaning turli bosqichlarida yallig‘lanishga hos sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8) miqdori oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdori pasayishi kuzatilganligi aniqlanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va RIOvaBSIATM Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: sitokin holati dinamikasining aniqlangan xususiyatlari onadan bolaga patologik javobning yallig‘lanish immunologik genezining ustunligini tasdiqlashga imkon beradi va klinik jihatdan homilaning hayotiy zarur ta’minoti, rivojlanishining yomonlashuvi, hatto muddatidan oldin tushishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish COVID-19 bilan bog‘liq sitokin profilini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan  va 118 bemorda davolash xarajatlarini 73632000 so‘mga tejashga imkon bergan; xulosa: olingan natijalar postkovid guruhiga kiruvchi homilador ayollarda laboratoriya nazorati ostida bo‘lishi lozim bo‘lgan immunologik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va prenatal immunomonitoring yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor IFNα miqdorining pasayishi hamda IFNγ miqdorining oshishi homila holatini baholashda yangi prognostik mezon ekanligi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va RIOvaBSIATM Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan klinik oldi immunodiagnostika usullari homiladorlikni to‘xtatish xavfi tufayli shifoxonaga yotqizish holatlari va homila saqlanmaslik holatlari sonini kamaytirish imkonini berdi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish COVID-19 bilan bog‘liq sitokin profilini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan  va 118 bemorda davolash xarajatlarini 73632000 so‘mga tejashga imkon bergan; xulosa: IFNα va IFNγning aniqlangan prognostik marker sifatidagi ahamiyati bachadon ichi gipoksiyasi va gestatsiyaning asoratli shakllarini erta bosqichda aniqlash, xavfni stratifikatsiya qilish asosini tashkil etgan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor COVID-19 infeksiyasining oqibatlari ayollar reproduktiv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bu holat gestatsiya davrida sitokin holatining dinamik o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va RIOvaBSIATM Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikkacha koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarga ko‘rsatiladigan antenatal yordam sifatining oshishi gestatsiya davrining fiziologik kechishini ta’minlashga, homila yo‘qotilishini oldini olishga, uning normal bachadonda rivojlanishiga hamda perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga qaratilgan; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish COVID-19 bilan bog‘liq sitokin profilini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan  va 118 bemorda davolash xarajatlarini 73632000 so‘mga tejashga imkon bergan; xulosa: aniqlangan sitokin profili o‘zgarishlari koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarni prenatal kuzatishning ilmiy jihatdan asoslangan shaxsiylashtirilgan yondashuvini ishlab chiqishda patogenetik asos sifatida xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish