Abdumominov Shuxrat Azatbekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):

«Toshkent bo‘yi hududida yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilari, ularning asl metallarga samaradorligi», 04.00.01–Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/GM2.

Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdurazok Umirzakovich geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Baxtiyor Ismoilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Chinikulov Xoldor Chinikulovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent bo‘yi hududida yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilarida asl metallarning to‘planishi va tarqalishini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Toshkent bo‘yi hududidagi yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilarida asl metallarning to‘planishi va tarqalishining stratigrafik, fatsial-geodinamik, mineralogik-geokimyoviy mezonlari ishlab chiqilgan;

ilk bor Toshkent bo‘yi hududidagi yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilarida asl metallari to‘planishi va tarqalishi sharoitlari aniqlangan;

Toshkent bo‘yi hududidagi yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilarining tarkibida ma’danli (asl metalli) komponetlar mavjud bo‘lgan terrigen materiallari manbalari asoslangan;

ilk bor Toshkent bo‘yi hududidagi yuqorieotsen-quyioligotsen litoral cho‘kindilarida asl metallarga istiqbolli maydonlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Toshkent bo‘yi hududida litoral cho‘kindilarining asl metallarga samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

asl metallar to‘planishi va tarqalishining sharoitlari «Regional GTE» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 04/23-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada kvarsli qum va shag‘alli Yusuptosh konida O‘zbekiston uchun yangi asl metallar mineralizatsiyasining namoyonlarini aniqlash imkonini bergan;

stratigrafik, fatsial-geodinamik, mineralogik-geokimyoviy mezonlar «Regional GTE» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 04/23-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent bo‘yi hududida litoral cho‘kindilarining asl metallarga istiqbolli Yusuptosh, Apartak-Angren, May maydonlarida dastlabki geologik qidiruv ishlarini olib borish imkonini bergan;

tarkibida ma’danli (asl metalli) komponentlar (qo‘shimtalar) mavjud bo‘lgan terrigen materiallar tashilishi manbalari «Regional GTE» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 04/23-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent bo‘yi atrofidagi asl metallarga istiqbolli maydonlarda geologik qidiruv ishlarini samarali tashkil qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish