Sirojitdinov Kamol Komilovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida xirurgik taktikaning xususiyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari)

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib599

Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01

Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «N.I. Pirogov nomidagi tibbiy-xirurgik markaz» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi rezeksiya texnologiyalarini joriy qilish va operativ amaliyotlarning taktik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan asoratlangan jigar exinokokkozini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qorin bo‘shlig‘ining barcha gidatid zararlangan a’zolari tarkibida birlamchi va qaytalangan jigar exinokokkozi asoratlangan shakllari rivojlanishining patogenetik xususiyatlari ochib berilgan;

jigar exinokokkozi asoratlangan shakllari kechishining morfo-funksional xususiyatlari asosida xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlari takomillashtirilgan;

jigar exinokokkozining mahalliy qaytalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hayot qobiliyati saqlanib qolgan protoskolekslar aniqlangan fibroz kapsulaning morfologik strukturasi aniqlashtirilgan;

jigar exinokokkozi xirurgiyasida qoldiq bo‘shliq ul`tratovushli kavitatsiyasini qo‘llash (\"CUSA Excel®\", \"Ultracision\", \"LigaSure\") fibroz kapsuladagi kurtak elementlarini ham hisobga olgan holda absolyut parazitotsid ta’sirga erishish imkonini berishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarini tashxislash va xirurgik davolashni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha:

«Jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida xirurgik taktika xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 8n-d/237-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalar jigar exinokokkozi xirurgiyasida asosiy qoidalarga rioya qilish: qoldiq bo‘shliqni tekshirish va adekvat antiparazitar qayta ishlash imkoni bilan parazitar kistaga maksimal kirish va kam qon yo‘qotishga erishilgan, bu esa gemorragik asoratlarning umumiy ko‘rsatkichini 14,8% dan 5,4% gacha ishonchli pasaytirishga imkon bergan;

«Jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida xirurgik taktika xususiyatlarini tanlash dasturi» ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 8n-d/237-son ma’lumotnomasi). Klinik-tashxislash algoritmini qo‘llash JE ning turli shakllarida xirurgik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini berib, kasallikning o‘ziga xos asoratlari va qaytalanish xavfini qisqartirish imkonini bergan;

jigar exinokokkozining asoratlangan shakllari bilan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Farg‘ona viloyati filiallarining xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 8n-d/237 sonli ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning olingan natijalari jigar exinokokkozi asoratlangan shakllarini xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish, shuningdek, ijobiy natijalarni 70,7% dan 87,9% gacha oshirish, amaliyot vaqtida va undan keyingi asoratlarni 33,6% dan 7,9% ga, o‘lim ko‘rsatkichini 33,6% dan 0,7% gacha pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish