Xudoykulov Mamarasul Radjabovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt69.

Ilmiy rahbar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadirespublika to‘qimachilik tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish  bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, mulkdorlar bilan menejerlar qiziqishlari uyg‘unligini ta’minlash, korporativ boshqaruv tizimida jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy sherikchilik munosabatlaridan keng foydalanish, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarini zanjirli bog‘lanish usuli orqali oshirish asosida takomillashtirilgan;

to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmlarining samaradorligini mulkdorlar qiziqishlarini himoya qilish parametrlarini hisobga oluvchi  iqtisodiy-statistik hamda balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimi asosida hisoblash modeli taklif etilgan;

to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan diagnostika va ichki nazorat mexanizmi xalqaro COSO konsepsiyasi qoidalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv mexanizmi zamonaviy korporativ boshqaruvga monand tarkibiy tuzilmani shakllantirish, korporativ boshqaruvning ichki va tashqi nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish, korporativ boshqaruvni samarali tashkil etishning ichki hujjatlarini, xususan tarmoq Korporativ kodeksini yaratish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

To‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:

to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, mulkdorlar bilan menejerlar qiziqishlari uyg‘unligini ta’minlash, korporativ boshqaruv tizimida jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy sherikchilik munosabatlaridan keng foydalanish, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarini zanjirli bog‘lanish usuli orqali oshirish asosida  takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 iyundagi FJ-03-3853-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv xarajatlarining har bir so‘mi hisobiga 1,42 so‘m daromad olishga erishilgan;

to‘qimachilik tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv mexanizmlarining samaradorligini mulkdorlar qiziqishlarini himoya qilish samaradorligini hisobga oluvchi  iqtisodiy-statistik hamda balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimi asosida hisoblashning takomillashtirilgan modeli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 iyundagi FJ-03-3853-son ma’lumotnomasi). Korporativ boshqaruv samaradorligini iqtisodiy-statistik hamda balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimi asosida hisoblash natijasida olingan iqtisodiy samara 2017 yilda 117 mln. 635 ming so‘mni tashkil etgan;

xalqaro COSO konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan diagnostika va ichki nazorat mexanizmi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Kitob ip yigiruv» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 iyundagi FJ-03-3853-son ma’lumotnomasi). Natijada sotishdan olingan yalpi foydaning taqqoslama narxlardagi  o‘sish sur’ati 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 14,75 % ni tashkil etgan;

to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv mexanizmini zamonaviy korporativ boshqaruvga monand tarkibiy tuzilmani shakllantirish, korporativ boshqaruvning ichki va tashqi nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish, korporativ boshqaruvni samarali tashkil etishning ichki hujjatlarini, xususan tarmoq Korporativ kodeksini yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Kitob ip yigiruv» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 iyundagi FJ-03-3853-son ma’lumotnomasi). Natijada «Kitob ip yigiruv» aksiyadorlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2017 yilida 2016 yilga nisbatan 18,4% ga, mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum 119,7,2% ga, sof foyda miqdori esa 118,6 % ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish