Voronina Natal`ya Vladimirovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini ratsionallashtirishni gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib178.
Ilmiy maslaxatchi:Iskandarov Tulkin Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Duschanov Baxtier Allaberganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Baxritdinov Shaxob Samarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida xizmat qiluvchilar uchun energiya va asosiy oziq-ovqat moddalarini tavsiya etilgan iste’mol miqdorini ilmiy asoslash va tinchlik vaqtida ularni ta’minoti me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Birinchi bor tinchilik davrida O‘zbekiston Respublikasi harbiy quchlari harbiy xizmatchilari uchun xizmatni o‘tash sharoitida energetik va nutrient tarkibiga qo‘yilgan talablar ularning kasbiy faoliyatiga bog‘liq tartibda asoslangan;
«Temurbeklar maktabi» tarbiyalanuvchilari uchun kunlik ratsionning energetik va nutrient ehtiyojlarining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning milliy harbiy xizmatchilari uchun ovqatlanishning amaldagi statusini aniqlash me’yorlari ishlab chiqilgan;
Markaziy-Osiyo mintaqasi sharoitida harbiy xizmatchilarning turli kontingenti uchun alohida kasbiy mehnat jarayonlarining energetik ekvivalenti va jismoniy faollik koeffisienti, harbiylar organizmida kechuvchi metabolik jarayonlarni aks ettiruvchi energetik sarf va biokimyoviy ko‘rsatkichlar isbotlangan;
harbiylar uchun jismoniy faollik kunlik energetik koeffisient tasnifi hamda kasallanishni shakllanishida alimentar omilning ahamiyati va o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harbiy xizmatchilarni tinchlik davrida ovqatlanishining ratsionallashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilarini oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini gigienik me’yorlari» (0132-02 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat turli toifadagi harbiy xizmatchilar uchun oziq-ovqat mahsulotlari me’yorlarini belgilash, ular miqdor va sifatga nisbatan makro va mikro tarkibni ta’minlashni tashkillashtirishga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini o‘rtacha kunlik oqilona me’yorlari» (0132-16 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat turli toifadagi harbiy xizmatchilar uchun oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha me’yorlarini belgilashga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Taralarga quyilgan ichimlik va mineral suvlarni quyish, qayta ishlash bo‘yicha korxonalar uchun sanitar qoidalar» (0328-16 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat harbiy xizmatchilarni asosiy bazadan uzilgan holda, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoiti bo‘lmagan, o‘quv-jangovor vazifalarni bajarish davrida havfsiz sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, shisha idishli va mineral suvlarning me’yoriy darajasini belgilashga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchilari oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini o‘rtacha kunlik oqilona me’yorlari» (0357-18 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchilarning kunlik asosiy oziqa moddalari me’yoriy darajasini ta’minlashga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«O‘zbekiston Respublikasi xarbiy ta’lim o‘quv muassasalar tarbiyalanuvchilari asosiy ozuqa moddalarniing iste’mol me’yorlari» (0353-18 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi harbiy ta’lim o‘quv muassasalar tarbiyalanuvchilari asosiy ozuqa moddalarniing sarflanadigan energiyaga nisbatan iste’mol me’yorlarini ta’minlashga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Chaqiriq yoshidagi o‘smirlar ovqatlanish holatini gigienik baholash» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 martdagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma chaqiriq yoshidagi o‘smirlar faktik ovqatlanish holati, oziq-ovqat mahsulotlari, ularni saqlash, mahsulotlarning adekvatligi, ovqat mahsulotlari etishmasligining klinik belgilari, oziq-ovqat mahsulotlarni biokimyoviy tarkibini baholash imkonini bergan;
Harbiy xizmatchilarni tinchlik davrida ovqatlanishining ratsionallashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, maxsuslashtirlgan tashkilotlarning DSENMlari, idoraviy va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tuzilmalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat zahirasi amaliy faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 8n-z/208-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotiga joriy qilinishi mutanosib sog‘lom ovqatlanishni zamonaviy xolati asosida chaqiruv yoshidagi o‘smirlar va harbiy xizmatchilar ovqatlanishini optimallashtirish HKni oziq-ovqat mahsulotlari bilan oqilona ta’minlashni optimallashtirish, harbiy kadrlar zahirasi va harbiy mutahassislar orasida alimentar bog‘liq bo‘lgan kasalliklar darajasini kamaytirish, chaqiruv yoshidagi o‘smirlar va harbiy mutaxassislarni ozuqviy statusini aniqlash uchun nazorat samaradorligini oshirish, ularning jangovorlik xolatini ta’minlash uchun harbiy xizmatchilar va ularga tenglashttirilgan shaxslar orasida sog‘lom ovqatlanish amaliyotiga sabab bo‘luvchi standartlarn amalga oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida mamlakatning milliy havfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.