Axmatxodjaev Abdujabar Muxidinovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxoobstruktiv asoratlari gastroezofageal reflyuks kasalligining klinik-patogenetik va terapevtik aspektlari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib41.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aralov Nematilla, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gastroezofageal reflyuks kasalligi bemorlarida bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari ko‘rinishidagi ovqat o‘tish yo‘lidan tashqarigi bronxoobstruktiv asoratlarni rivojlanish xavf omillarini, kasallikning klinik kechishiga kompleks yondoshuvni, morfologik va funksional tavsifnomasi, bronxoobstruktiv asoratlarni va differensial davolash stretegiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

duodenogastral reflyuktant va gastroezofageal xarakteriga bog‘liq gastroezofageal reflyuks kasalligining bronxoobstruktiv asoratlarining klinik-patogenetik va terapevtik davolashda bemorlarni klinik va funksional ma’lumotlarini batafsil tahlili asoslangan;

gastroezofageal reflyuks kasalliklarning kliniko-patogenetik va terapevtik davolash samaradorligi ambulator va statsionar bosqichda tashxislash va davolashni turli variantlarini epidemiologik va antropometrik xususiyatlari isbotlangan;

gastroezofageal reflyuks kasalliklarida bemorlarni qon plazmasida yallig‘lanishga qarshi sitokinlar va azot oksidining yakuniy metabolitlarining darajasini aniqlash o‘tkazildi va sog‘lom kishilardagi sitokinlar miqdori hamda nitrat–nitritlar miqdorini qiyosiy ko‘rsatkichlari isbotlangan;

yallig‘lanishga qarshi sitokinlar va azot oksidining yakuniy metabolitlarini darajasiga bog‘liq holdagi GERKning klinik o‘ziga xosligini, kasallikning «nordon» va «ishqoriy» variantlarini kechishiga eradikatsion terapiyaning ta’sirini isbotlangan;

gastroezofageal reflyuks kasalligining kechishiga duodenal gipertenziya sindromi va duodenogastral reflyuktant xarakteri ta’siri, kasallikning klinik kechish xarakterini ovqat o‘tkazish yo‘lidan tashqarigi bronxoobstruktiv asoratlar rivojlanishiga ta’siri isbotlangan;

ovqat o‘tkazish yo‘lidan tashqarigi asoratlari bilan birga kechuvchi gastroezofageal reflyuks kasalligini klinik kechish xarakterini bemorlar hayot sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gastroezofageal reflyuks kasalliklarning bronxoobstruktiv asoratlarining klinik-patogenetik va terapevtik davolash samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Gatroezofageal kasalliklar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 1 apreldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gastroezofageal reflyuks kasalliklarning bronxoobstruktiv asoratlarining klinik-patogenetik va terapevtik davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

«Ambulator-poliklinika sharoitida noinvaziv gatroezofageal reflyuks kasalliklarni tashxislashda transabdominal ul`trasonografiya usulini qo‘llash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 8n-r/170-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ambulator-poliklinika sharoitda noinvaziv gatroezofageal reflyuks kasalliklarni tashxislashda transabdominal ul`trasonografiya usulini qo‘llash orqali gastroezofageal reflyuks kasalligining bronxoobstruktiv asoratlarining tashxislash va terapevtik davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

gastroezofageal reflyuks kasalligining bronxoobstruktiv asoratlarining kliniko-patogenetik va terapevtik davolash samaradorligini tashxislashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, maxsuslashtirilgan davolash muassasalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-z/203-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi gastroezofageal reflyuks kasalliklarning bronxoobstruktiv asoratlarining kliniko-patogenetik va terapevtik davolash samaradorligini baholash transkutant transabdominal ul`tratovush tadqiqoti natijalarida kasallikning tashxislash 93%ni, sezuvchanligi 90%ni, spesifikligi 94%ni tashkil qilish  baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish