Shernaev Anvar Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallarning samarali tarkibi va mashinasozlik uchun detallar ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi; 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (materialshunoslik va metallurgiya yo‘nalishlari) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T2.
Ilmiy rahbarlari: Maxkamov Rufat Gulyamovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi; Abed Nodira Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Axmadjon Xakimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Norxudjaev Fayzulla Ramazonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan mashinasozlik uchun mo‘ljallangan samarali antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallar tarkibi asosida detallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozisiyalarning termoplastik polimerlar, uglegrafit to‘ldiruvchilar, turli qo‘shimchalar tarkibi va turiga hamda yog‘ochni modifikatsiyalangan polimerlar bilan zichlash darajasiga bog‘liq fizik-mexanik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
mineral va uglegrafit to‘ldiruvchilarni maydalash usuli bilan mahalliy yog‘ochlar – terak, tol hamda modifikatsiyalangan polimerlar asosida antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallar yaratilgan;
mashinasozlik uchun mo‘ljallangan antifriksion-eyilishbardoshkompozision yog‘och-polimer materiallar yaratishda to‘ldiruvchilar miqdorining maqbul tarkibi aniqlangan;
antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallar komponentlari: polimer bog‘lovchilar bilan to‘ldiruvchilar zarrachalarini dastlabki zich birikishi va kimyoviy bog‘lanishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan kompozision yog‘och-polimer materiallarning yuqori mustahkamlikka egaligi, ishqalanish koeffisientining kichikligi, eyilishbardoshligining yuqoriligi va O‘zbekistonning iqlim sharoitlarida qo‘llashda yuqori ishonchlilikka ega ekanligi aniqlangan;
kompozision yog‘och-polimer materiallar xossalariga texnologik va ekspluatatsion omillarning ta’siri hamda ulardan atrof-muhitning yuqori chang sharoitida ishlaydigan paxtani tozalash mashina va mexanizmlarining ishchi organlarida ratsional foydalanishning aniq tavsiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallarning samarali tarkibi va mashinasozlik uchun detallar ishlab chiqishdagi olingan ilmiy natijalar asosida:
antifriksion-eyilishbardosh polimer kompozisiyalar tarkibi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05000, 2015). Natijada yaratilgan antifriksion-eyilishbardosh polimer kompozisiyalar paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarini ishlash qobiliyati va samaradorligini oshirish imkonini beradi;
yaratilgan AKYoPMdan tayyorlangan detallar «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga qarashli korxonalarda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil 6 oktyabrdagi MA-i/1324-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash mashinalari ishqalanish uzellaridagi detallarning ishlash muddatini ikki barobar oshirish imkoni yaratildi.