Yunusova Go‘zal Sultonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy qoidalar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘liq va noto‘liq oilalardagi ona shaxsining farzand ijtimoiy tasavvurlariga ta’siri”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi47.

Ilmiy rahbar: Umarov Bahriddin Mengbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmatjon Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida to‘liq va noto‘liq oilalar muhitida ona shaxsi ta’sirida o‘smir va ilk o‘spirinlarning hayotiy qadriyatlarga munosabatlari, istiqbol to‘g‘risidagi tasavvur va mo‘ljallarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda  ularning rivojlantirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘liq va noto‘liq oilalarda o‘smir va ilk o‘spirinlarning shaxsiy qadriyatlari, istiqbollari to‘g‘risidagi va ijtimoiy mo‘ljallariga muvofiq miqdoriy jihatdan “nuklear”, oilaviy munosabatlariga ko‘ra   “uyushqoq”, “hamfikrlilik” (egalitar) oila tiplari bo‘yicha oila qurishga moyilliklari aniqlangan;

noto‘liq oilalardagi o‘smir va o‘spirinlarning shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-masofa saqlash va “begonalashuv”ning mavjudligi tengdoshlariga  nisbatan avtoritar, xudbin,  konformlik va agressiv  munosabatda bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;

oila turidan qat’iy nazar o‘smir va ilk o‘spirin o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlashiga kuchliroq ehtiyoj sezishi, “voyaga etganlik hissi” paydo bo‘lishiga qaramay, o‘zgalarning psixologik ko‘magiga muhtojligi noto‘liq oila o‘g‘il farzandlariga xosligi aniqlangan;

noto‘liq oiladagi onaning yagona “yetakchi” ekanligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish istagining ustuvorligi bilan o‘smir va  ilk o‘spirinning “o‘zini katta bo‘lib qolganlik” istagi o‘rtasidagi ziddiyat ona bilan bola munosabatidagi nizolarning keltirib chiqaruvchi omil ekanligi aniqlangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.

To‘liq va noto‘liq oilalardagi ona shaxsining farzand ijtimoiy tasavvurlariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:

to‘liq va noto‘liq oilalarda o‘smir va ilk o‘spirinlarning shaxsiy qadriyatlari, istiqbollari to‘g‘risidagi va ijtimoiy mo‘ljallariga muvofiq miqdoriy jihatdan “nuklear”, oilaviy munosabatlariga ko‘ra   “uyushqoq”, “hamfikrlilik” (egalitar) oila tiplari bo‘yicha oila qurishga moyilliklari yuzasidan olingan natijalar maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatiga joriy qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-917-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning joriy qilinishi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, amaliyotchi psixologlari tomonidan maktab va oila hamkorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish, rivojlantirish va ta’lim-tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishish imkoniyatlari kengayishi ta’minlagan;

noto‘liq oilalardagi o‘smir va o‘spirinlarning shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-masofa va “begonalashuv”ning mavjudligi, tengdoshlariga  nisbatan avtoritar, xudbin,  konformlik va agressiv  munosabatda bo‘lish xususiyatlari yuzasidan olingan natijalaridan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tizimida foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 13 noyabrdagi 06/639-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy moslashuv markazi psixologlari faoliyatining ilmiy-metodik ta’minoti kuchaytirilishi ta’minlangan;

oila turidan qat’iy nazar, o‘smir va ilk o‘spirin o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan o‘zgalarning qo‘llab-quvvatlanishga kuchliroq ehtiyoj sezishi, “voyaga etganlik hissi” paydo bo‘lishiga qaramay, o‘zgalarning psixologik madadiga muhtojligi  ko‘proq noto‘liq oila o‘g‘il farzandlariga xosligi aniqlangan ilmiy natijalardan “Oila” markazlari psixologlari faoliyatida foydalanilgan (Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 29 oktyabrdagi 750-son ma’lumotnomasi).  Natijada “Oila” markazlari psixologlar hamda mahalla maslahatchilari faoliyatining ilmiy-metodik ta’minoti kuchaytirilgan;

noto‘liq oiladagi onaning yagona “yetakchi” ekanligidan kelib chiqib, oilaviy o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish istagining ustuvorligi bilan o‘smir yoki ilk o‘spirinning “o‘zini katta bo‘lib qolganlik” istagi o‘rtasidagi ziddiyat ona bilan bola munosabatidagi nizolarning keltirib chiqaruvchi omil ekanligi aniqlangan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatida qo‘llanilgan (Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 29 oktyabrdagi 750-son ma’lumotnomasi). Natijada onalarning bola shaxsiga pozitiv ta’siri samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy- psixologik treninglar dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish