Tajibaev Gayratjon Shovdorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet til o‘qitishda kommunikativ yondashuv», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3 PhD/Ped251.
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abduraxim Abdumutalipovich, filologiya fanlari doktori; Abdujabbarova Zamira Rustamovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kommunikativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet tilni o‘qitishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini A1 darajada kommunikativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasi lingvistikaning “mutanosiblik” va “tillararo” nazariyalari hamda psixologiyaning “kognitiv konstruktivizm” va “ijtimoiy konstruktivizm” nazariyalari bo‘yicha takomillashtirilgan;
ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo va ontogenezi bo‘yicha o‘xshash xususiyatlari hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarning rivojlanishi bo‘yicha farqli xususiyatlari aniqlashtirilgan;
tillararo interferensiyaning oldini olishga mo‘ljallangan mashq (Substitution table) va til materialini o‘zlashtirishga ko‘maklashish modeli (Scaffolding) asosida kommunikatsiya va interaksiya usuli (Class survey) takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha didaktik, dramatik, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslanuvchi, rolli va proektli o‘yinlar bo‘yicha metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet til o‘qitishga kommunikativ yondashuv bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“mutanosiblik”, “tillararo”, “kognitiv konstruktivizm” va “ijtimoiy interaktivizm” nazariyalari bo‘yicha takomillashtirilgan A 1 darajada ingliz tilini kommunikativ yondashuv asosidagi o‘qitish metodikasidan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 iyundagi 89-03-2287-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda kommunikativ kompetensiyaning A1 darajada egallanishiga xizmat qilgan;
aniqlashtirilgan ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo va ontogenezi bo‘yicha o‘xshash xususiyatlari hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarning rivojlanishi bo‘yicha farqli xususiyatlaridan maxsus kurs va seminarlar tashkil etilishida nazariy asos sifatida foydalanilmoqda (Respublika ta’lim markazining 2018 yil 25 oktyabrdagi 01/11-01/7-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashqlarni stress (ruhiy zo‘riqish)dan xoli, oson va muvaffaqiyatli bajarilishiga ko‘maklashishning pedagogik usullari va texnologiyalari takomillashtirilgan;
tillararo interferensiyaning oldini olishga mo‘ljallangan mashq (Substitution table) va til materialini o‘zlashtirishga ko‘maklashish modeli (Scaffolding) asosida takomillashtirilgan kommunikatsiya va interaksiya usuli (Class survey)dan “Yoshlar” hamda “O`zbekiston” teleradiokanal-larining “Davr”, “Katta tanaffus”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarida efirga uzatildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining 2018 yil 5 maydagi 14-01-376-son, “O`zbekiston” teleradiokanalining 2018 yil 1 iyundagi O`z/k-1-103-son ma’lumotnomalari). Natijada, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini kommunikativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasi ommalashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha didaktik, dramatik, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslanuvchi va rolli o‘yinlardan foydalanish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik ta’minotidan chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida muhokama etilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 20 iyundagi 10-06/198-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflar uchun leksik minimumni zamonaviy talablar asosida metodik tayyorlash bo‘yicha markazning darsliklar bo‘limi bazasi yana bir ilmiy-amaliy yordamchi manba hisobiga boyitilgan.