Turaeva Dilafruz Rustamboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari faoliyati uslubining psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya  (psixologiya fanlari). 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi22.

Ilmiy raxbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa  fanlari doktori, professor; Arzikulov Dilshod Ne’matovich,psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:   Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tizimida kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi faoliyati uslubining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va faoliyat uslubini takomillashtirish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb-hunar kolleji “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tizimida o‘quvchilar demokratik uslubdagi o‘qituvchilarni ijobiy baholashsa-da, avtoritar uslubdagi pedagoglar bilan ham ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha muloqot darajasi yuqoriligi aniqlangan;

kasb-hunar kolleji “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tizimida o‘qituvchisi bilan o‘quvchilari o‘rtasidagi  “majburiy”, “zaruriy”, “rasmiy”, “rasmiy-salbiy”, “rasmiy-ijobiy”, “ishonchli”, “dildan ishonish” munosabat darajalari aniqlangan;

kasb-hunar kolleji  o‘qituvchilarining faoliyat uslublariga ko‘ra  kommunikativlik faoliyat uslubiga (muloqotmandlik, ko‘ngilchanlik), tashkiliy-boshqaruv faoliyat uslubiga (mustaqillik, ishbilarmonlik, liderlik, hukmronlik), emotsional-motivatsion faoliyat uslubiga (hissiy turg‘unlik, xavotirlanuvchanlik), o‘quv-uslubiy faoliyatiga (ijodiy yondashuvchanlik, mustaqillik) xos shaxslilik xususiyatlari aniqlangan;

kasb-hunar kolleji pedagoglarining o‘quvchilari bilan munosabatida namoyon bo‘luvchi samarali, xavotirlanuvchan (tashvishli), moslashuvchan, dominant, hissiy – turg‘un, ijtimoiy, masofa caqlovchi, hukmron faoliyat uslublari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari faoliyati uslubining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kasb-hunar kolleji “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tizimida o‘quvchilar demokratik uslubdagi o‘qituvchilarni ijobiy baholashsa-da, avtoritar uslubdagi pedagoglar bilan ham ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha muloqot darajasi yuqoriligi aniqlangan  natijalar kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 18-apreldagi MX-01/21-5321m-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning boshqaruv uslublarini shakllantirish va rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga, ularning kasbiy-psixologik tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan;

kasb-hunar kolleji “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tizimida o‘qituvchisi bilan o‘quvchilari o‘rtasidagi  “majburiy”, “zaruriy”, “rasmiy”, “rasmiy-salbiy”, “rasmiy-ijobiy”, “ishonchli”, “dildan ishonish” munosabat darajalari natijalar kasb-hunar kollejlari ta’lim-tarbiya faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 18-apreldagi MX-01/21-5321m-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning faoliyati  uslubini yangidan shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratilgan, shuningdek, pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishish imkoniyatlari kengayishi ta’minlangan;

kasb-hunar kolleji  o‘qituvchilarining faoliyat uslublariga ko‘ra  kommunikativlik faoliyat uslubiga (muloqotmandlik, ko‘ngilchanlik), tashkiliy-boshqaruv faoliyat uslubiga (mustaqillik, ishbilarmonlik, liderlik, hukmronlik), emotsional-motivatsion faoliyat uslubiga (hissiy turg‘unlik, xavotirlanuvchanlik), o‘quv-uslubiy faoliyatiga (ijodiy yondashuvchanlik, mustaqillik) xos shaxslilik xususiyatlari  bo‘yicha olingan natijalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi tinglovchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda foydalanilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi  2018 yil 17 oktyabrdagi 02-07-3985/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus ta’limi tizimi o‘qituvchilari va amaliyotchi psixologlari faoliyatining ilmiy-metodik ta’minoti kuchaytirilgan;

kasb-hunar kolleji pedagoglarining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘luvchi quyidagi yangi faoliyat uslublari: samarali, xovotirlanuvchan (tashvishli), moslashuvchan, dominant, hissiy – turg‘un, ijtimoiy, masofali  caqlovchi, hukmron faoliyat uslublari aniqlangan amaliy psixologlar faoliyatiga joriy qilingan hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mutaxassislari tomonidan muhokama qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2018 yil 17 oktyabrdagi  02-07-3985/04-son,  Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2018 yil 12 noyabrdagi 06/638-son ma’lumotnomalari). Bu kasb-hunar ta’limi tizimi o‘qituvchilari faoliyati uslubini, shuningdek, ularga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlash, shakllantirish, rivojlantirish hamda pedagoglar faoliyatini baholash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish