Azizova Fotimaxon Saidbaxramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tili frazeologizmlarini o‘rgatishning lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 13.00.02–ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped53.

Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tili frazeologizmlarini o‘rgatishning lingvomadaniy xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

frazeologizmlarning ingliz tilida fe’lga, o‘zbek tilida ot va sifatga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha strukturaviy xususiyatlari hamda emotsional-psixologik holati, inson hayoti, turmush tajribalari, axloqiy xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, mehnat faoliyati, aqliy etukligi bo‘yicha  semantik xususiyatlari aniqlashtirilgan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar geografik nomlar, tarixiy iboralar, milliy liboslar, hayvon va o‘simlik nomlari, ranglar milliy-madaniy xususiyatlari bo‘yicha tematik guruhlari aniqlashtirilgan;

frazeologizmlarni tarjima qilishda matndan aniqlash, ekstralingvistik xususiyatlari bo‘yicha lingvomadaniy qiyinchiliklari aniqlashtirilgan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni  munozara va kim chaqqon darsi, topqir tarjimon, takrorlash, kim zo‘r, frazeologizmlar harakatda kabi metodlar orqali tarjima qilishni o‘rgatish metodikasi  takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalarining tarjimonlik fakul`tetlari talabalariga ingliz tili frazeologizmlarini o‘rgatishning lingvomadaniy xususiyatlarini bilish va takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:

frazeologizmlarning aniqlashtirilgan strukturaviy va semantik xususiyatlaridan “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazeologizmlarning qisqacha lug‘at”ini ishlab chiqishda foydalanigan (Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazeologizmlarning qisqacha lug‘ati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B.160.). Natijada mazkur lug‘at ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni tarjimasini topishga hizmat qilgan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar geografik nomlar, tarixiy iboralar, milliy liboslar, hayvon va o‘simlik nomlari, ranglar milliy-madaniy xususiyatlari bo‘yicha aniqlashtirilgan tematik guruhlaridan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1, darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 05 aprel` 2018 yildagi 89-03-1286-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar tematik guruhlashtirilgan;

frazeologizmlarni tarjima qilishda matndan aniqlash, ekstralingvistik xususiyatlari bo‘yicha aniqlashtirilgan lingvomadaniy qiyinchiliklaridan OT-A1-53 raqamli “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun “Translation in Use” darsligini yaratish va nashr qilish” mavzusidagi amaliy loyihadan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 12 aprel` 2018 yildagi 89-03-1404-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologizmlarni ingliz tildan o‘zbek tilga tarjima qilishda yuzaga keladigan xatoliklarni o‘rganish va bartaraf etishga xizmat  qilgan;

ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni  munozara va kim chaqqon darsi, topqir tarjimon, takrorlash, kim zo‘r, frazeologizmlar harakatda kabi metodlar orqali takomillashtirilgan tarjima qilishni o‘rgatish metodikasidan 5120200 – tarjima nazariyasi va amaliyoti (roman-german tillari) ta’lim yo‘nalishi bakalavriati va 120000 – gumanitar fanlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishining DTSni ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zstandart agentligi O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018 yil 5 maydagi 01/2645-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan frazeologizmlarni tarjima qilishni o‘rgatish metodikasi ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish