Davletiyarov Madatbay Maxsetbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoqlar zamonaviy kundalik hayotida ijtimoiy institutlarning o‘rni va roli», 07.00.07–Etnologiya, etnografiya va antropologiya (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.3.PhD/Tar.196

Ilmiy maslahatchi: Karlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Zununova Gulchexra Shavkatovna, tarix fanlari doktori,  Sabirov Alisher Tursunovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.    

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoqlarning bugungi kun turmushida ijtimoiy institutlarning tutgan o‘rni va rolini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

etnografik materiallar asosida uruo‘, oila, qarindoshlik guruhlari (murindiq va b.), mahalliy jamoalar (meshit-qәo‘im, kөshe biy va b.), o‘zaro ko‘mak (kөmek) guruhlari kabi madaniyat komponentlari ijtimoiy institutlar ekanligi ko‘rsatib berilgan;

ijtimoiy institutlarning umumiy va o‘ziga xos: tarbiyaviy, an’analarni avloddan-avlodga etkazish, integrativ, ijtimoiy regulyativ funksiyalarining mavjudligi va faolligi asoslab berilgan;

qoraqalpoqlarda urug‘-qabilaviy birliklarining o‘zligini anglash belgilari aniqlandi, hamda ularning hozirgi kundagi nikoh munosabatlari, oila, oilaviy-qarindoshlik va qo‘shnichilik aloqalaridagi muhim roli ochib berilgan;

qoraqalpoqlar ijtimoiy institutlarining hozirgi zamon holati va dinamikasi tahlil qilindi va o‘zining xilma-xil vazifalariga qaramasdan, yagona tizim sifatida harakat qilishi, ayrim komponentlari esa o‘ziga xos funksiyalarga egaligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpoqlarning hozirgi zamon kundalik hayotidaijtimoiy institutlarning tutgan o‘rni va rolini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar asosida:

An’anaviy ijtimoiy institutlar sanalmish qo‘shnichilik jamoalari, oqsoqollar kengashi (ko‘cha biyi, oqsoqol) to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-I3-G002 raqamli «Qoraqalpog‘iston tarixi (1991–2015 yy.) kitobini tayyorlash va nashr etish» innovatsion loyihasining «Fuqarolar institutlarining shakllanishi va rivojlanishi», «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining shakllanishi va rivojlanishi» bo‘limlarini yozishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 maydagi 3/1255-1263-son ma’lumotnomasi). Xususan, tadqiqot natijalari o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, ijtimoiy institutlarning saqlanish darajasini, ularning jamiyatdagi vazifalari va roliga oid ilmiy bilimlarni boitishga yordam bergan;

Qoraqalpoqlarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish institutlarining tahlili, jamiyatimizga ta’siri, oila, qarindoshlik guruhlari, «murindiq» kabi institutlari funksiyalarining jamiyatimizning bugungi kun xayotidagi axamiyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumot va xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faoliyatini tashkil etishda foydalanildi  (Fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2018 yil 17 maydagi 01-01/118-son ma’lumotnomasi). Xususan, ishda oila va qarindoshlik guruhlari, ularning jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi asoslab berilgan ilmiy xulosalar yosh oilalar muammolarini hal qilish chorasini ko‘rish, ular orasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘nikmalarni boyitishga hizmat qilgan;

Tadqiqotning jamiyatda mahalliy jamoalarning hamda ovul va ko‘cha biylarining roli haqidagi natijalari fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish ishlarida foydalanildi (Fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2018 yil 17 maydagi 01-01/118-son ma’lumotnomasi). Xususan, ishda qo‘shnichilik, “biy” institutlarining jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi asoslab berilgan ilmiy xulosalar maxalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish bilan bog‘lik vazifalar ijrosini ta’minlashda hizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish