Xudaykulova Gul`nara Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perinatal OIV-infeksiya», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib8.
Ilmiy maslahatchi: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02
Rasmiy opponentlar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atabekov Nurmat Sattiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti(Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallik kechishining klinik-immunologik va virusologik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida bolalardagi perinatal OIV-infeksiyada tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor perinatal infeksiya bilan zararlanishda bolalarda OIV-infeksiyaning majmuali klinik, immunologik va virusologik tavsifi berilgan;
OIVning vertikal transmissiyasiga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omillari aniqlangan (ham ona tarafdan, ham bola tarafdan) va OBOOD strategiyasi doirasida oldini olish tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
erta neonatal davrda ona qornida infeksiya bilan zararlanish holatini gumon qilishga va OIVni erta tashxislash bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida boshlashga imkon beruvchi, perinatal zararlangan bolalarda yangi tug‘ilganlik davrdagi o‘ziga xos klinik belgilar aniqlangan;
asosiy opportunistik kasalliklar va ko-infeksiyalar tarqalganligi, tuzilmasi, ifodalanish qonuniyligi, OIV bilan perinatal zararlangan bolalarda jismoniy va ruhiy-asab rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
OIV-infeksiyaning tabiiy kechishida va RVQDni o‘tkazish davomida immunologik va virusologik ko‘rsatkichlar dinamikasining qonuniyligi aniqlangan;
OBOOD maqsadida tug‘ilganda RVQ preparatlarining ta’siriga yo‘liqqan, perinatal OIV-infeksiyasi bo‘lgan bolalarda RVQD turli sxemalarining samaradorligi tahlil qilingan hamda davolash taktikasini tanlashga differensiatsiyalangan yondashish ishlab chiqilgan;
tadqiqotda aniqlangan perinatal OIV-infeksiya kechishining klinik, immunologik va virusologik o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, OIV bilan zararlangan bolalar hayoti sifatini yaxshilashga qaratilgan tashxislash va terapevtik tadbirlar majmuasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
perinatal OIV-infeksiyani oldini olish va davolashning samarali tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
perinatal OIV-infeksiyasini bolalar orasida tarqalishini kamaytirish bolalarning umrni uzaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Perinatal OIV-infeksiyasi bo‘lgan bolalarda RVQ-preparatlari sxemasini tanlashga bo‘lgan differensiatsiyalashgan yondashish yo‘li bilan RVQD samaradorligini oshirish» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 2 fevraldagi 8n-d/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma perinatal OIV-infeksiyasi bo‘lgan bolalarda RVQ dori vositalari sxemasini tanlashga RVQD samaradorligini takomillashtirishni taqoza qiladi.
perinatal OIV-infeksiyasini bolalar orasida tarqalishini kamaytirish, davolash tizmini erta boshlash, bolalarning umrni uzaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari OITSga qarshi kurash markazlarining klinikalarida davolash amaliyotiga joriy qilingan, tavsiya qilgan uslub Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yildagi 81-son «OIV infeksiyasi bo‘yicha milliy klinik bayonnomalarni amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida» va «OIV-infeksiyani davolash va oldini olish uchun RVQ-preparatlaridan foydalanish» buyrug‘iga kiritilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 4 noyabrdagi 8 d-z/83-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi RVQD samaradorligini oshirishga hamda RVQ dori vositalarga rezistentlikning shakllanishi xavfini 4,5 baravar kamaytirishga imkon bergan.