Nazarqosimov Sarvar Inatillaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy soha dinamikasi”, 22.00.03–Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Sots6.

Ilmiy rahbar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qahharovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  O‘zbekistonda ijtimoiy sohaning statik (normal) holatidan – dinamik (faol) o‘zgarishlar fazasiga o‘tishining funksional va sotsiomadaniy xususiyatlari hamda fuqarolik jamiyatini barpo qilishdagi o‘rnini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ijtimoiy sohani real talablar asosida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, xususan ehtiyojmand shaxslar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tibbiy sug‘urta tizimini muttasil joriy etish, ayollarga ish xaqi to‘lashda tenglikni ta’minlash, majburiy mehnat ko‘rinishlarini barataraf etishning sotsial mexanizmlari asoslab berilgan;

bugungi kunda mamlakatimizda shahar va qishloq sotsial hayotining tez sur’atlarda uyg‘unlashuvi jamiyat ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tarishning innovatsion va industrial omili bo‘layotganligi faktologik ko‘rsatib berilgan;

ijtimoiy soha o‘zgarishlarining muhim yo‘nalishlari, xususan aholi bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish orqali ishsizlikni kamaytirish, shuningdek oliy ta’lim tizimini yangilash orqali iqtisodiyotning real sektori va sotsial taraqqiyot talablarini uzoq muddatli prognozlash vositasida zarur mutaxassislar tayyorlashning innovatsion echimlari asoslantirilgan;

ijtimoiy sohaning regional jihatlari, xususan hududlar sotsial hayotini intensivlashuvi davrida urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarini optimallashtirish, aholining, ayniqsa yoshlarning yuz berayotgan o‘zgarishlarga tayyorligini sotsiologik modellashtirish orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatish uslublari dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda ijtimoiy soha dinamikasi bo‘yicha olingan  natijalar asosida: ijtimoiy soha darajasi va sifatining xalqaro standartlariga erishish, xususan maktabgacha ta’lim muassasalarini, aholining muhtoj qatlamlariga mo‘ljallangan uy-joylar komplekslarini barpo etish, ijtimoiy yordam, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tizimini optimallashtirish, ayollarga ish haqi to‘lashda tenglikni ta’minlash, majburiy mehnat ko‘rinishlarini barataraf etish, malakali tibbiy yordam tizimini yaxshilash, ish o‘rinlarini yaratishning innovatsion mexanizmlariga oid tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining (FJShMQMI) kompleks sotsiologik tadqiqot savolnomasini ishlab chiqishda, shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlat dasturlarining indikator ko‘rsatkichlarini Jizzax viloyatida aniqlashda foydalanilgan (FJShMQMIning 2018 yil 31 iyuldagi 11/348-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimizda ijtimoiy soha muammolari sektori va yo‘nalishlarini belgilashga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;

mamlakatimizda shahar va qishloq sotsial hayotining tez sur’atlarda uyg‘unlashuvi jamiyat sotsial sohasi dinamikasining bugungi kunga xos ko‘rsatkichi bo‘layotganligiga oid xulosalardan PZ-20170930396 raqamli «Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq etish» mavzusidagi loyiha foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/02-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar ijtimoiy soha bilan madaniy-ma’rifiy soha uyg‘unligi va samaradorligiga erishish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;

ijtimoiy soha rivojining istiqbolli tendensiyalari, xususan «aqlli shaharlar» barpo etilishi orqali odamlarning kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan qo‘layliklar yaratishda zamonaviy servis va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, kompyuterlashtirilgan ijtimoiy ob’ektlar (maktablar, tibbiyot maskanlari va b.) barpo etish kabi innovatsion echimlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish DP Markaziy Kengashining 2018 yil uchun qabul qilingan faoliyat platformasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish DP MK ning 2018 yil 27 martdagi 01-189-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi maqsadli dasturlar orqali ommaviy tadbirlar o‘tkazish metodikasini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatgan;

hududlar sotsial hayoti intensivlashuvida urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek xalqaro yoshlar festivallari, ommaviy sport va turli madaniy tadbirlar tashkil etish orqali yoshlarning yuz berayotgan global o‘zgarishlarga moslashuvini ta’minlashga oid xulosa va tavsiyalardan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining tadqiqotlarida foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2018 yil 9 noyabrdagi 01-16/355-son ma’lumotnomasi). Bu talaba yoshlar, shuningdek ish bilan ta’minlanmagan hamda uyushmagan yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari samaradorligini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish