Djoldasova Gauxar Batirovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi zamon ingliz tilidagi ish–harakat bildiruvchi polivalent fe’llarning kognitiv jihatlari», 10.00.04 –Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil 141.
Ilmiy rahbar: Kuldashov Akrom Mahmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti va Qoraqalpoqdavlat universiteti hamkorligida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich filologiya fanlari doktori, professor, Agzamova Dildora Baxadirjanovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon ingliz tili ko‘p valentli harakat fe’llarining funksional-semantik va kognitiv jihatlarini tizimli yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p valentli fe’llar va ularning morfologik kategoriyalarini tasvirlashning funksional-semantik tamoyillari asoslangan hamda kombinatorik potensialini belgilovchi roli aniqlangan;
ingliz tili so‘z turkumlarining valentlik xususiyatlarini kognitiv aspektda o‘rganish kombinatorikasining asosiy ko‘rinishini ifodalovchi adekvat modellari yaratilgan;
ko‘p valentli fe’llarning valentlik xususiyatlarining izomorf va allomorf tavsifi ochib berilgan hamda valentlik miqdoriga bog‘liq holda fe’l kategorial ma’nolarining tasnifi ularning kombinatorik potensiali asosida klassifikatsiyalari ishlab chiqilgan;
ingliz tili ko‘p valentli fe’llari semantik mansubligi bo‘yicha semantik maydon strukturasiga qarab ularning semantik strukturasi yadro, yaqin va uzoq periferiyalarga bo‘linishi isbotlangan;
turli valentlikdagi fe’llarning kombinator imkoniyatlari reallashuvida har xil munosabatdagi doimiy va davriy reprezentlar tizimi kontekstual munosabatlarini modellashtirish yordamida aniqlangan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tili materiallari asosida ko‘p valentli harakat fe’llarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ko‘p valentli fe’llarning valentlik xususiyatlarining izomorf va allomorf tavsifi bo‘yicha olingan nazariy xulosalardan F1-GOO2 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2018 yil 1 martdagi 040/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tilidagi fe’l so‘zlar yasalishining funksional jihatlarini nazariy va amaliy tadqiq qilishda, shuningdek umumiy tilshunoslik sohasidagi mavzuga tegishli nazariy va amaliy ishlarda manba bo‘lib xizmat qilgan;
ko‘p valentli harakat fe’llarining kognitiv jihatini o‘rganishdan olingan ilmiy-nazariy xulosalardan IOT-2013-1-50 “Nazariy va amaliy fanlar bo‘yicha asosiy chet tillaridan (ingliz, fransuz, nemis, ispan tillaridan magistrantlar uchun) o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, nashrga tayyorlash, chop ettirish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-974-son ma’lumotnomasi). Tavsiya qilingan materiallar ingliz tili va uning uslublarida qo‘llaniladigan ko‘p valentli harakat fe’llarining semantik qo‘llanilishi xususiyatlarini ochib berishga asos bo‘lgan;
ko‘p valentli fe’llar semantik mansubligi bo‘yicha semantik maydon strukturasi tahlilidan olingan ilmiy-nazariy natijalar “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Hamrox” eshittirishini tayorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2018 yil 1 apreldagi O‘z/R-1-50-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan tadqiqot natijalari aholi uchun harakat fe’llarining kontekstda qo‘llanilish jarayonlarini, ularning ma’no nozikliklarini, boshqa guruh fe’llardan farqini ochib berishga yordam bergan.