Xomidov Xayrillo Xudoyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turk tilida frazeologizmlarning yuzaga kelishi, ma’no va grammatik xususiyatlari”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil662.
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich, filologiya fanlari doktori; Abdurahmonova Muqaddas Raufovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turk tilidagi frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularning umumiy shakllanish qonuniyatlari, frazeologik ma’noning yuzaga kelishi, ularning grammatik asosi, sintaktik tuzilishi va modellarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologizmlarning milliy-madaniy jihatlari, ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan lisoniy omillar hamda shakllanish yo‘llari dalillangan;
turk tilidagi frazeologizmlarning semantik mavzui guruhlari, denotativ, konnotativ, pragmatik semalari va struktural tiplari ishlab chiqilgan;
frazeologizmlarni yuzaga keltirgan manbalar aniqlanib, ularning ilk va ikkilamchi ma’nolarining yuzaga kelish yo‘llari, frazeologik qurshovi doirasida frazeologik va leksik ma’no munosabati asoslangan.
leksik ma’no va frazeologik ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlik, chatishma, variantlilik, antonimiklik, sinonimiklik, omonimiklik singari hodisalar aniqlangan;
frazeologizm strukturasiga kiruvchi relevant va frazeologizm strukturasiga kirmaydigan irrelevant shakllar asoslangan.
IV. Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.
Turk tilida frazeologizmlarning yuzaga kelishi, ma’no va grammatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turk tilida frazeologizmlarning shakllanishiga omil bo‘lgan lisoniy tushunchalar va Turkiyadagi ijtimoiy qatlamlar nutqida qo‘llaniladigan turg‘un birliklar bo‘yicha olingan natijalar hamda ilmiy xulosalardan F1-136 raqamli “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat” nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 1889-03-3516-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hamda Kichik Osiyo mintaqasida turkiy tilning holati, turkiy tillarda frazeologik birliklarning o‘rni, ularning semantikasi hamda tarixiy taraqqiyotini ochib berishga xizmat qilgan;
tadqiqotdagi eski turkiy til qatlamiga xos frazeologik birliklarning qo‘llanishi, ularning barcha turkiy qavmlar doirasida qo‘llanilganligi bilan bog‘liq xulosalardan F1-136 raqamli “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat” nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 1889-03-3516-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlardagi turkiy qavmlar uchun umumiy frazeologik qatlamlarni aniqlashga, ularning turkiy xalqlar og‘zaki diskursida ifodalanishi masalalarini ochishga asos bo‘lgan;
turk tili frazeologiyasi, maqol va frazeologizmlarning ma’no xususiyatlariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “Adabiy jarayon” kabi turkum radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2018 yil 10 oktyabrdagi OE/X-1-167-son ma’lumotnomasi). Natijada maqol va frazeologizmlarning ma’no xususiyatlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlar hamda tahliliy fikrlar radioeshittirish mazmunining boyitishga xizmat qilgan.