Kim Tat`yana Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koreys tilida qarama-qarshilik semantikasining ifodalanish usullari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil659.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasakfh nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kim Ol`ga Anatol`evna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koreys tilidagi qarama-qarshilikni ifodalovchi leksik-semantik birliklar chegaralarini belgilash va ularning koreys tilidagi ifodalanish usullarini hamda qarama-qarshiliklarni aks ettiruvchi birliklarning kontekstda uchrovchi koreys tiliga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys tilida상대어 [sandeo] guruhidagi qarama-qarshi ma’noli leksik birliklar, ya’ni qarama-qarshilik ma’nosini 상대관계 [sandekvangye] 대립관계 [teribkvangye] oppozitiv munosabatlariga muvofiq so‘z orqali ifodalashning barcha vositalarini o‘z ichiga oluvchi birliklarni ko‘rib chiqishdagi yangicha yondashuv asoslangan;
koreys tilidagi qarama-qarshilik ma’nosini ifodalash usullari turli davrlarda yashab ijod etgan koreys yozuvchilarining esse va lirik asarlarida antitezaga asoslanganligi isbotlangan;
koreys tilidagi oppozitiv munosabatlarning kichik, o‘rta va katta antonimlikka asoslangan qarama-qarshi ma’no ifodalanish usullari isbotlangan;
koreys tilida antonimik ma’noning koreys yozuvchilari esselari va lirik asarlari asosida kognitiv xususiyatlar kompleks tahlili vositasida idrok etilishida mentalitetning tutgan o‘rni aniqlangan;
koreys tilida oppozitiv ma’no ifodalanishining samarali usullaridan biri «semantik bog‘liqlik shajarasi»ni tuzish yo‘li bilan matnda qarama-qarshilikning g‘oyaviy mazmunini aniqlashga nisbatan yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koreys tilida qarama-qarshilik semantikasining ifodalanishidan olingan natijalar asosida:
qarama-qarshi ma’noli leksik birliklar tahlilidan olingan natijalardan Davlat test markazi tomonidan tuzilgan test topshiriqlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2018 yil 16 iyundagi 64-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi dasturi bo‘yicha koreys tili bilim darajasini aniqlash uchun foydalanilgan koreys tilida o‘qish materiali sifatida xizmat qilgan;
antonimik ma’no zidligini tahlil qilish va tavsiflash bo‘yicha olingan xulosa va natijalardan mahalliy hamda xorijiy kompaniya va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan «Delovoy koreyskiy yazik» o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston-Koreya» Do‘stlik jamiyatining 2018 yil 16 maydagi 6A-18-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan ma’lumotlar darslikning nazariy qismini mustahkamlashda va to‘ldirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
koreys tilidagi oppozitiv munosabatlarning kichik, o‘rta va katta antonimlikka asoslangan qarama-qarshi ma’no ifodalanish usullari bo‘yicha akademik lisey va kollejlar uchun «Koreys tili» o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2017 yil 30 noyabrdagi 877- son qarori). Natijada B1 darajasiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan koreys tili o‘quvchilariga asosiy qo‘llanma vazifasini o‘tagan;
Koreys tilidagi zid ma’noni ifodalovchi leksik paradigmaning ma’noni farqlashdagi funksiyasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston–Koreya madaniyat markazlari Assotsiatsiyasida o‘tkazilgan koreys tili nazariy kurslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Koreya madaniyat markazlari Assotsiatsiyasining 2018 yil 13 iyulidagi 145-son ma’lumotnoma). Natijalarning qo‘llanishi tinglovchilarning yangi so‘zlarni o‘rganishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
kontekstdagi qarama-qarshiliklar tahlilidan olingan xulosalar kompaniya hujjatlari tarjimalaridagi leksik va ma’nov xususiyatlarini ochib berishda foydalanilgan (UzBestTourCo., Ltd, 2018 yil 23 iyuldagi 078-son ma’lumotnoma). Natijalarning qo‘llanishi tarjima qilinayotgan matnlarning to‘g‘ri va aniq chiqishiga xizmat qilgan.