Qoldibekov Oybek Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nurota tog‘-ma’danli hududi yuqori proterozoy yotqiziqlarining biostratigrafiyasi», 04.00.05–Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM32.
Ilmiy rahbar: Abduazimova Zoya Mussaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Evseeva Galina Borisovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Stel`max Anna Grigor`evna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: foydali qazilma konlari hosil bo‘lishining optimal sharoitlarini aniqlash uchun ma’danli ob’ektlarni o‘z ichiga olgan yuqori proterozoy yotqiziqlarini qidirishning biostratigrafik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi qatlamlarni ajratishda hududlararo va global taqqoslash uchun paleontologik usul O‘zbekistonning yuqori proterozoy yotqiziqlari biostratigrafiyasida samarali ishlatilishi mumkinligi isbotlangan;
ilk bor yuqori proterozoy svitalari biostratigrafik tuzilishini xaqqoniyligini ta’minlovchi, taksonlarning xilma-xilligini va stratigrafik tarqalishini belgilovchi o‘ziga xos biotsenozlar ajratilgan;
ilk bor hududda cho‘kindi cho‘kish jarayoniga biogen omillarning ta’siri aniqlangan, bu kremniyli va karbonatli cho‘kindilarning kechki proterozoy xavzasida shakllanishida o‘sha vaqt biotasida eng keng tarqalgan sianobakteriyalar hayoti faoliyati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
G‘arbiy O‘zbekistondagi asl va boshqa ma’danlar hosil bo‘lishida muhim rol` o‘ynagan suvliksoy svitasining yuqori proterozoy vulkanogen-kremniy-karbonatli yotqiziqlari va ularning o‘xshashlari ma’danli cho‘kindilarning boshlang‘ich ona jinslari bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan.
ilk bor Janubiy Tiyon-Shon uchun nevlendiya biotasiga mansub kechki proterozoy makrotoshqotishmalariga monografik ta’rif berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nurota tog‘-ma’danli hududining yuqori proterozoy yotqiziqlarining biostratigrafiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurota tog‘-ma’danli hududidagi yuqori proterozoy yotqiziqlarini biostratigrafik ajratish mezonlari «Regional geologik tasvirlash ekspedisiyasi» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 04/17-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori proterozoy yotqiziqlarini to‘g‘ri ajratish hamda hududlararo va global taqqoslash imkonini bergan;
yosh paleozoy yotqiziqlar bilan tektonik aralashib yotgan yuqori proterozoy qatlamlarini aniqlashning paleontologik mezonlari «Regional geologik tasvirlash ekspedisiyasi» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 04/17-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Nurota hududida yuqori proterozoy va yosh paleozoy yotqiziqlarining chegaralarini ajratish imkonini bergan;
qadimgi qatlamlar bilan bog‘liq foydali qazilmalarga istiqbolli bo‘lgan uchastkalarni aniqlash mezonlari «Regional geologik tasvirlash ekspedisiyasi» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 04/17-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada asl metallarga eng istiqbolli bo‘lgan quyi paleozoyning ko‘mirlashgan mayda terrigenli va terrigen-karbonatli yotqiziqlari bilan tektonik almashinib keladigan yuqori proterozoyning ko‘mirlashgan-kremniy-karbonatli jinslari tarqalgan maydonlarni ajratish imkonini bergan.