Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Turkiston tog‘ tizmasining pedofaunasi va eroziyaga uchragan tuproqlar biodiagnostikasining ahamiyati», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B52.

Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Xaqberdiev Obid Eshniyozovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston tog‘ tizmasi mintaqasi sharoitida eroziyaga uchragan tuproqlarining pedofauna miqdori, mavsumiy dinamikasi va tuproq xossa-xususiyatlarini kompleks ravishda aniqlash hamda pedofaunaga ko‘ra eroziyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Turkiston tog‘ tizmasidagi eroziyaga uchragan tuproq tiplari kesimi bo‘yicha umurtqasiz hayvonlarning miqdoriy va sifat tarkibi hamda taqsimlanishi aniqlangan;

tog‘ va tog‘ oldi eroziyaga uchragan tuproqlari (tipik bo‘z, to‘q tusli bo‘z, tog‘ jigarrang tipik, tog‘ jigarrang karbonatli, tog‘ jigarrang kam ishqorsizlangan tuproqlar)ning vertikal mintaqalanish sharoitida morfogenetik tuzilishi, agrofizik va agrokimyoviy tavsiflari o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan; 

turli iqlim sharoitida shakllangan tuproqlar fauna (yomg‘ir chuvalchang, mollyuskalar, nematoda, kana, kollembola)lari bilan tuproq xossalari o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqliklar aniqlangan;

tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarining pedofaunasiga ko‘ra eroziyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Shimoliy Turkiston tog‘ tizmasining pedofaunasi va eroziyaga uchragan tuproqlar biodiagnostikasining ahamiyati bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

vertikal mintaqalanish sharoitida tarqalgan tuproqlarning pedofaunasini inobatga olgan holda ularning morfogenetik xususiyatlarini aks ettirgan mezonlari Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 04-05-4002-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mezonlar tog‘ tuproqlarini tip va tipchalarga ajratish, shuningdek tuproqlarni eroziyaga  uchraganlik bo‘yicha diagnostik belgilarini aniqlash imkonini bergan;

tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarining pedofaunasiga ko‘ra eroziyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlari Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 04-05-4002-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mezonlar pedofaunani tuproq unumdorligini belgilovchi ko‘rsatkich sifatida baholashda, xaritalashda va eroziyaga qarshi kurash tadbirlarini rejalashtirish imkonini bergan;

Turkiston tog‘ tizmasi tuproqlarining ekologik-genetik tavsifi va vertikal mintaqalanish sharoitida tarqalgan pedofauna miqdori va taqsimlanishi bo‘yicha indikator mezonlari Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 04-05-4002-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqlarning agrokimyo, agrofizik va biologik xossa-xususiyatlarini inobatga olgan holda hududda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, tuproqlardan oqilona foydalanish va tuproq ekologik monitoringini yuritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish