Kimsanova Gulnoraxon Abdurashidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fitoekdisteroidlarni o‘sayotgan organizm nutrient assimilyasiyasiga ta’siri», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B203.

Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.

Rasmiy opponentlar: Matchanov OzodTaubaldievich,biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fitoekdisteroidlarni nutrient assimilyasiyasiga ta’sirini me’yorda va muddatidan oldin ona sutidan ajratilgan kalamushlarda aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor fitoekdisteroidlarning ingichka ichakda uglevodlar, oqsillar va yog‘larning bo‘shliq va membrana gidroliziga ta’siri laktotrof oziqlanishdan definitiv oziqlanishga me’yorda va muddatidan oldin ona sutidan ajratilgan hayvonlarda aniqlangan;

fitoekdisteroidlarga nisbatan gidrolazalarning reaktivligi yoshga bog‘liq bo‘lib, α-glyukozidazalarga (α-amilaza, mal`taza, saxaraza) nisbatan eng yuqori darajada ekanligi isbotlangan;

fitoekdisteroidlarni hayvonlarga jo‘natilishi to‘xtatilgandan keyin me’da osti beziva ingichka ichak ferment tizimlarining rivojlanishida «preparatni bekor qilish» effekti bo‘lmaganligi aniqlangan;

ekzogen turkesteronmuddatidan oldin ona sutidan ajratilgan hayvonlarning uglevodlar, oqsillar va yog‘larga nisbatan gidrolitik sig‘imini oshirib, hazm traktining kattalar ozuqasiga o‘tishida adaptatsiyasini tezlashtirganligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fitoekdisteroidlarniperoral berilishi me’da-ichak traktining gidrolitik tizimiga ta’siri me’yorda va stress holatlarda ilk postnatal ontogenez davri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ekdisteronning ta’sirida ingichka ichakda uglevodlar metabolizmini stabillashuvi natijasida ho‘jayraviy, fiziologik va biokimyoviy jarayonlari FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» mavzusidagi fundamental loyihasida ho‘jayra fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni boshqarilishida mitoxondriyalar Sa2+ ga bog‘liq megekanal tutgan o‘rnini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil
7 apreldagi 4/1255-959-son ma’lumotnomasi). Natijada ekdisteron preparati mitoxondriyalarda Sa2+ga bog‘liq megakanal faolligini ingibirlab, membranani va ho‘jayraviy jarayonlarni stabillashtirish imkonini bergan;

turkestron va ekdisteron preparati Andijon viloyati Asaka tumani fermer ho‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 iyundagi 02/026-129-son ma’lumotnomasi). Natijada fitoekdisteroidlar ta’sirida jo‘jalarni adaptogen xususiyatlarini va jo‘jalarni hayotchanlik darajasini oshirish imkonini bergan;

jo‘jalarni parvarishlashda fitoekdisteroid  preparatlarini peroral ravishda berilishi Andijon viloyati “Qo‘ng‘irot G‘azinasi” va “Agromexanizator” fermer ho‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 iyundagi 02/026-129-son ma’lumotnomasi). Natijada fitoekdisteroidlarning qo‘llanilishi parrandalarda ozuqalarni assimilyasiyasi ya’ni iste’moli va tana vaznini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish