Sayt test rejimida ishlamoqda

Uzbekova Nelli Rafikovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom patogenezining neyrogumoral mexanizmi va terapevtik korreksiyalash yo‘llari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib3.

Ilmiy maslahatchi: Xujamberdiev Mamazoir Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Shela Gorinstein – MD, professor, The Hebrew University (Isroil); Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot: Federal davlat byudjetoliy ta’lim muassasasi «A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologik universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromning geterogen neyrogumoral mexanizmlari xususiyatlarini, xastalikning klinik manifestatsiyasini aniqlagan holda erta bosqichli tashxisot omillarini takomillashtirish va terapevtik davolash  yo‘llarini maqbullashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:

MS rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmlarining yog‘ to‘qimasi sekretor faolligi, neyrogumoral, adrenergik, yallig‘lanish mexanizmlari, yurak va qon tomirlar remodellanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning MS avjlanishida ishtirok etishi darajasiga  aniqlik kiritilgan;

leptinrezistentlikning erta rivojlanish mexanizmiga sabab bo‘luvchi erkin leptinning yuqori koeffisienti va leptin reseptorlarining past darajasi isbotlangan;

ferment katalitik xususiyatlarini sifatli modifikatsiyalovchi LPO faolligining keskin ortishi bilan bog‘langan MAO darajasining pasayishi bilan uyg‘unlashuvchi SAT faolligining ortishi kuzatilgan;

MS qayd etilgan bemorlarda ED rivojlanishi erta bosqichida prediktorlar sifatida yuqori darajali ANCA antineytrofil autoantitanachalarning roli, shuningdek yurak-qon tomirlar erta remodellanishida IFR-1 yuqori darajasining ahamiyati izohlangan;

ChQG erta rivojlanishi bilan yurakning remodellanishi prediktori sifatida va miokard distrofiyasi jarayonlarining tezligini ishiruvchi COM-02 kardiomiotsitlar autoantitanachalarining darajasi ortganligi isbotini topgan;

insulin reseptorlari autoantitanachalar tomonidan sodir etayotgan blokadasi insulinrezistentlik rivojlanishining mexanizmlaridan biri deb belgilangan; 

AG, semizlik, dislipidemiya bilan MS aniqlangan bemorlarni  davolash tizimiga angiotenzin-II reseptorlar blokatorlari (ARBII) (valsartan), I1 – imidazolin reseptorlar agonistlari (moksonidin), adipozga qarshi preparatlar (orlistat), 4 generatsiya statinlari (rozuvastatin) qo‘shilgan holda MSning kompleks terapiyasiga yondashish yo‘nalishi patogenetik sharhlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

MS patogenezining neyrogumoral mexanizmi va terapevtik usullari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:

orlistat preparati yordamida semizlikning korreksiya yo‘llarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan «Metabolik sindromda yog‘ to‘qima faolligining ortishi va semirish korreksiyasi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma yaratilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 iyundagi 8n/08-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida orlistat preparatining adipozga qarshi ijobiy samarasi ko‘rsatilib, semizlik darajasi va uning asoratlari kamayishi imkoni yaratilgan;

metabolik sindromdagi dislipidemiyani majmuaviy terapiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan «Metabolik sindromda dislipidemiya korreksiyasining terapevtik imkoniyatlari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 iyundagi 8n/08-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida statin 4-generatsiyasining (rozuvastatin) davolash jadvaliga kiritilishi ijobiy samara bergani, nogironlik va yurak-qon tomir asoratlaridan o‘lim holatining kamayishi aniqlangan.

metabolik sindrom klinik manifestatsiyasining variabilligini aniqlash, erta bosqichli tashxislash omillarini takomillashtirish va terapevtik tahlil qilish usullarini maqbullashtirish sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon, Namangan, Farg‘ona filiallariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 iyundagi 8n/08-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida MSni o‘z vaqtida tashxislash, kompleks davolashning aniq usullarini tanlash natijasida bemorlarning mehnatga layoqatsizligi muddatini 20,8 foizga qisqartirish, dori-darmon bilan davolash narxini 21,0 foizga kamaytirish, sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarining samaradorligini 2 barobarga oshirish, bemorlar hayot sifatiga ijobiy ta’sir etish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish